Analizatorlar haqida tushuncha
Bolalarning aqliy va jismoniy mehnatdan charchashi
Download 14.44 Kb.
|
ANALIZATORLAR HAQIDA TUSHUNCHA
6.2. Bolalarning aqliy va jismoniy mehnatdan charchashi.
Bolalarning aqliy mehnatdan charchashi dastavval o’quv yuklamasiga bog’liq. Bola qancha yosh bo’lsa, u shuncha tez charchaydi. Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan matematika, rus tili va chet tili darslari bolalarni ayniqsa tez charchatadi. Bolalarning aqliy mehnat qilish qobiliyati va bu mehnat vaqtida charchash charchamasligi o’quv sharoitlariga bog’liq. Ayniqsa bu o’rinda dars jadvalining mohiyati katta. Dars jadvali shunday tuzilishi kerakki, bunda bolalarning yoshiga qarab dars soatlari, tanaffus, katta tanaffus vaqtlari belgilanishi kerak. darslar boshlanganidan keyin birinchi va ikkinchi soatlar davomida o’quvchilarning ish qobiliyati ancha yuqori bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning dars paytida tez charchashiga sabab partada uzoq o’tirish, bunda ayrim gruppa muskullarning davomli statik ish bajarishi dinamik ish bajarishiga nisbatan charchashni tezroq yuzaga keltiradi. Bolalarda aqliy mehnatdan charchash-diqqat e‘tiborining pasayishi, bezovtalanish va uyqu bosish bilan xarakterlanadi. Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarning tez charchab qolmasligini ta‘minlash uchun mashg’ulot davomiyligi 15-20 minutdan oshmasligi kerak, bir va ikkinchi sinflarda esa 35 minut, uchinchi sinflardan boshlab 45 minut. Dars oralarida, kuni uzaytirilgan sinflarda dars tayyorlashdan oldin ochiq havoda jismoniy mashq bajarish, sport o’yinlari bilan shug’ullanish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya darslari bolalarda aqliy mehnatdan charchash alomatlari boshlanganida, ya‘ni 3-4 darslarda qo’yilishi kerak. Bolalarning jismoniy ishdan charchashi ularning jismoniy holatiga, ishni tashkil qilish gigienasiga, yoshiga va boshqa faktlarga bog’liq. Undan tashqari barcha ish qurollari va asbob uskunalarning katta kichikligi bolalarning yoshiga yarasha bo’lishi kerak. Tez charchamaslikni ta‘minlashda yana bir muhim narsa turli xil jismoniy ishlarni tez tez almashtirib turishdir. Download 14.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling