Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi


Download 1.03 Mb.
bet5/9
Sana07.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1244388
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6. Slayd Aнализаторлар слайд

-avtobus, tramvay, metro, poezd va boshqa transport vositalarida ketayotganda o‘qish yaramaydi, chunki bu vaqtda qo‘ldagi kitob yoki jurnal, gazeta bir tekis turmaydi, balki qimirlab turadi. Bu esa ko‘z gavhari shaklining uzluksiz o‘zgarib turishiga sabab bo‘ladi va ko‘zni toliqtirib, uning xiralanib qolishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, yotib o‘qish ham zararli; uzoq vaqt davomida televizor ko‘rish ham ko‘zni toliqtiradi;

  • -avtobus, tramvay, metro, poezd va boshqa transport vositalarida ketayotganda o‘qish yaramaydi, chunki bu vaqtda qo‘ldagi kitob yoki jurnal, gazeta bir tekis turmaydi, balki qimirlab turadi. Bu esa ko‘z gavhari shaklining uzluksiz o‘zgarib turishiga sabab bo‘ladi va ko‘zni toliqtirib, uning xiralanib qolishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, yotib o‘qish ham zararli; uzoq vaqt davomida televizor ko‘rish ham ko‘zni toliqtiradi;
  • - ko‘zni quyosh nuridan, yonib turgan olov shu’lasidan, changdan va shunga o‘xshash noqulay ta’sirlardan himoya qilish lozim. Shuningdek, ko‘zni qo‘l barmoqlari bilan ishqalash yaramaydi. Ko‘z qichishsa, toza bint yoki ro‘molcha bilan avaylab qovoq ustidan silash mumkin;
  • - kundalik ovqat tarkibida A vitamin etishmasligi tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlar faoliyati buzilishiga va ko‘rish o‘tkirligi pasayishiga sab.ab bo‘ladi. Shuning uchun tarkibida A vitamini bo‘lgan taomlar jigar, tuxum, sariyog‘, sabzi, qovoq, baliq ikrasi kabilarni muntazam iste’mol qilish kerak;
  • - zararli odat bo‘lgan chekish, spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlik ko‘zning turli kasalliklari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi; - bolalar ko‘zining har xil ranglarga sezuvchanligini oshirish uchun ularga yoshligidan har xil rangdagi o‘yinchoqlarni, rasmlarni ko‘rsatib, ularning rangini aniqlashga o‘rgatib, chiniqtirib borish kerak; - ko‘zni chiniqtirish uchun bolalar yoshlikdan boshlab tennis, basketbol, voleybol, futbol, otish kabi sport turlari bilan shug‘ullanib borishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

ESHITISH VA MUVOZANAT A’ZOSI YOKI QULOQ

  • Tovush havo va suv to‘lqinlarini sezuvchi retseptorlar hayvonlar va odamda bitta umumiy a’zoda joylashgan. Shuning uchun ham eshitish va muvozanat a’zosi birgalikda o‘rganiladi.
  • Eshitish a’zosi ektodermadan takomil etadi. Embiron rivojlanishining taxminan 3-haftasida, miya orqa pufagi sohasidagi ektoderma bir oz qalin tortadi, bunga eshitish plastinkasi deyiladi. Eshitish plastinkasi embrionning 4-haftasi davomida takomillashib borib, chuqurlik hosil qiladi, bu eshitish chuqurligi deb ataladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling