Analizatorlarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi


Download 1.03 Mb.
bet4/9
Sana07.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1244388
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6. Slayd Aнализаторлар слайд

Ko’z soqqasi

  • 1- ko’z soqqasining oq pardasi; 2- ko’z soqqasining shox pardasi;
  • 3- ko’zning qon tomir pardasi; 4- ko’zning rangli pardasi;
  • 5- ko’zning oldingi bo’shlig’I (suyuqlik bilan to’lgan);
  • 6- ko’z qorachig’i; 7- ko’z gavxari;
  • 8- gavharni o’rab turuvchi kipriksimon muskul; 9- shishasimon tana;
  • 10¬ko’zning to’r pardasi; 11- ko’rish nervi

Ko’zning funksiyasi

  • Ko‘rish analizatorining qismlari: 1- ko‘z to‘r pardasida joylashgan yorug‘lik sezuvchi hujayralar (ko‘rish analizatorining periferik qismi-retseptorlar); 2- ko‘rish nervi (ko‘rish analizatorining o‘tkazuvchi qismi); 3- bosh miya po‘stlog‘ining ensa qismida joylashgan ko‘rish markazi (ko‘rish analizatorining markaziy qismi).

Ko’rish gigienasi

  • Ko‘zning ko‘rish qobiliyati normal saqlanishi ko‘p jihatdan har bir odamning o‘ziga bog‘liq. Buning uchun quyidagi gigiena qoidalariga rioya qilish zarur:
  • - ish, o‘qish joyida yorug‘lik etarli (100-150 lyuks) bo‘lishi talab etiladi. Yorug‘lik chap tomondan tushishini ta’minlashga e’tibor berish kerak. Shu bilan birga, haddan tashqari kuchli yorug‘lik nuri ko‘z to‘r pardasidagi retseptorlarni o‘ta qo‘zg‘atib, ko‘zning tez toliqib qolishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ish joyida qo‘llaniladigan elektr lampasining usti soyabon bilan to‘sib qo‘yiladi;
  • - o‘qiganda, yozganda daftar va kitob ko‘zdan 35-40 sm uzoqlikda bo‘lishi kerak. Shuningdek, chizmachilik, tikish va boshqa mayda nozik ishlarni bajarganda ham shu qoidaga amal qilish kerak;
  • - o‘quv-yozuv, chizmachilik, tikish kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanganda har 12-15 minutdan keyin yarim-bir minut davomida uzoqdagi daraxtlarga, buyumlarga qarash lozim. Chunki yaqinga qarab ish bajargan vaqtda ko‘z qorachig‘i kengayib, ko‘z ichidagi bosim ortadi va ko‘z toliqadi. Uzoqqa qaraganda esa ko‘z qorachig‘i torayib, ko‘z ichidagi bosim pasayadi va ko‘z dam oladi;

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling