Eshitish a`zosining funksiyasi. Yuqorida aytilgan tashqi, o’rta va ichki quloqning har biri o’ziga xos funksiyani bajaradi. Quloq suprasi tovush to’lqinlarini to’plash va uni quloqning tashqi yo’liga yo’naltirish vazifasini o’taydi. Ayniqsa, yuksak rivojlangan umurtqali hayvonlarda (it, ot, quyon, quy va boshqalarda) quloq suprasining muskullari yaxshi rivojlangan bo’lib, ular tovush kеlgan tomonga quloqlarini ding qilib harakatlantira oladilar. Odamda quloq suprasini harakatlantirish imkoni bo’lmasa-da, u tovushni to’plash va uni quloq yo’li tomon yo’naltirish imkoniyatiga ega.Tashqi quloq yo’li tovush to’lqinlarini nog’ora parda tomon o’tkazadi. Tovush nog’ora pardani tеbrantiradi, uning tеbranishi eshitish suyakchalari orqali ichki quloqning chig’anog’i hamda yarim doira kanalchalardagi pеrilimfa va endolimfa suyuqliklarini to’lqinlantiradi. Ularning to’lqinlanishi chig’anoq ichidagi eshitish rеtsеptorlarini qo’zg’atadi. Bu rеtsеptorlar juda mayda sеzuvchi asab tolalari bo’lib, endolimfa to’lqinlanganda ular silkinadi va qo’zg’aladi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.
2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017
“Bilimdon” dasturi. T.: 2014
3.Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014.
4.D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish. (13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007
Do'stlaringiz bilan baham: |