An’anaviy hind dinlari


Download 1.84 Mb.
bet3/8
Sana19.04.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1362603
1   2   3   4   5   6   7   8

Braxmanizm ta’limotiga ko‘ra moddiy borliq undan tashqarida mavjud bo‘lgan yagona boqiy ruhning emanatsiyasi (lotincha emanatio – oqib chiqish, o‘tish degan ma’nolarni anglatadi, iloh ijodiy energiyasining oqib chiqishi) natijasida vujudga kelgan. Tirik jonzodlardagi ruh uning bir zarrasidir. Ruh boqiy. Uning qayta tug‘ilishi to‘xtatilmasa, tanadan-tanaga cheksiz ravishda ko‘chaveradi. Ruhning ko‘chishini sansara (sanskrit tilida – shakllanish, ko‘chish, vujudga kelish degan ma’nolarni anglatadi) aqidasi tartibga soladi. Sansara barcha tirik mavjudotlarning o‘tkinchiligi, o‘zgaruvchanligi, ruhning tanadan-tanaga ko‘chishining yagona zanjiri to‘g‘risidagi ta’limotdir. Ruhning ko‘chish tartibi, ya’ni ruhning qaysi mavjudotning tanasiga ko‘chishi uning hayot yo‘li yoki karmasiga (sanskrit tilida – harakat, burch, faoliyat degan ma’nolarni anglatadi) bog‘liq. Karma – ilohiy kuch bo‘lib, odamning sodir etgan xatti-harakati, xulq-atvori, intilishlari va maqsadlarini umumlashtiradi va ruhning qaysi jonzodga ko‘chishini belgilaydi. Braxmanizmda karmaning asosini kasta qoidalari tashkil etadi.

  • Braxmanizm ta’limotiga ko‘ra moddiy borliq undan tashqarida mavjud bo‘lgan yagona boqiy ruhning emanatsiyasi (lotincha emanatio – oqib chiqish, o‘tish degan ma’nolarni anglatadi, iloh ijodiy energiyasining oqib chiqishi) natijasida vujudga kelgan. Tirik jonzodlardagi ruh uning bir zarrasidir. Ruh boqiy. Uning qayta tug‘ilishi to‘xtatilmasa, tanadan-tanaga cheksiz ravishda ko‘chaveradi. Ruhning ko‘chishini sansara (sanskrit tilida – shakllanish, ko‘chish, vujudga kelish degan ma’nolarni anglatadi) aqidasi tartibga soladi. Sansara barcha tirik mavjudotlarning o‘tkinchiligi, o‘zgaruvchanligi, ruhning tanadan-tanaga ko‘chishining yagona zanjiri to‘g‘risidagi ta’limotdir. Ruhning ko‘chish tartibi, ya’ni ruhning qaysi mavjudotning tanasiga ko‘chishi uning hayot yo‘li yoki karmasiga (sanskrit tilida – harakat, burch, faoliyat degan ma’nolarni anglatadi) bog‘liq. Karma – ilohiy kuch bo‘lib, odamning sodir etgan xatti-harakati, xulq-atvori, intilishlari va maqsadlarini umumlashtiradi va ruhning qaysi jonzodga ko‘chishini belgilaydi. Braxmanizmda karmaning asosini kasta qoidalari tashkil etadi.
  • Kastada belgilangan qoidalarni buzish og‘ir gunoh sanaladi va bu ruhning ko‘chishi masalasini hal etishi mumkin. Karma aqidalari dxarma (sanskrit tilida – qonun, burch, qoida, fazilat kabi ma’nolarni anglatadi) ta’limotida bayon qilingan. Dxarma – fuqaroviy, axloqiy va madaniy qoidalar tizimi bo‘lib, uning xudo tomonidan yaratilganligi qayd etiladi. Dxarma qoidalari hind xalqi turmush tarziga aylangan.
  • Xulosa qilib aytish mumkinki, braxmanizm hind jamiyatida ijtimoiy taraqqiyotning mulkiy tengsizlik, xususiy mulk va davlat vujudga kelishi bosqichida hukmron tabaqaning manfaatlariga xizmat qiluvchi diniy ta’limot tarzida paydo bo‘lgan va rivojlangan. Braxmanizm aqidalari oldingi tarixiy davrlarda mavjud bo‘lgan diniy qarashlarning mantiqiy davomi sifatida keyingi bosqichlarda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan.
  • www.arxiv.uz
  • www.arxiv.uz

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling