Xaloskor xudo Vishnu bosh xudolarning uchinchisi hisoblanadi. U Shiva kabi ziddiyatli ilohiy mavjudot emas. Vishnu odamlarga ilohiy haqiqatni yetkazadi va adolatning g‘alaba qozonishiga yordam beradi. Vishnu odamlarni zulmdan xalos qilishi bilan birga xavf-xatardan ham saqlaydi. O‘z vazifalarini bajarish uchun turli qiyofa (avatar)larda dunyoga keladi. Diniy manbalarda uning necha bor dunyoga kelishi to‘g‘risida har xil ma’lumotlar berilgan. «Mahobxorat» dostonida Vishnuning mingta qiyofasi to‘g‘risida hikoya qilingan. - Xaloskor xudo Vishnu bosh xudolarning uchinchisi hisoblanadi. U Shiva kabi ziddiyatli ilohiy mavjudot emas. Vishnu odamlarga ilohiy haqiqatni yetkazadi va adolatning g‘alaba qozonishiga yordam beradi. Vishnu odamlarni zulmdan xalos qilishi bilan birga xavf-xatardan ham saqlaydi. O‘z vazifalarini bajarish uchun turli qiyofa (avatar)larda dunyoga keladi. Diniy manbalarda uning necha bor dunyoga kelishi to‘g‘risida har xil ma’lumotlar berilgan. «Mahobxorat» dostonida Vishnuning mingta qiyofasi to‘g‘risida hikoya qilingan.
TRIMURTI Boshqa diniy tizimlardagi kabi hinduizmda ham dindorlarning axloq qoidalariga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi. Bu qoidalar quyidagi ta’limotlarda ifodalanadi: - Boshqa diniy tizimlardagi kabi hinduizmda ham dindorlarning axloq qoidalariga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi. Bu qoidalar quyidagi ta’limotlarda ifodalanadi:
- 1) dxarma (sanskrit tilida – qonun, majburiyat degan ma’nolarni anglatadi) – odamlarning burchi va majburiyatlarini belgilaydi. Dxarma qoidalari turli kastalarning burchlari va majburiyatlarini tartibga soladi, dindorlardan ushbu qoidalarning bajarilishini talab qiladi;
- 2) artxa – dindorlar xulq-atvor qoidalarining majmuidan iborat;
- 3) kama (braxmanizm va hinduizmda sevgi xudosi) – hissiy istak va mayllar qondirilishining ahamiyatini belgilaydi;
- 4) moksha (sanskrit tilida – joydan-joyga ko‘chish, darbadarlik degan ma’nolarni anglatadi) – sansaradan xalos bo‘lish haqidagi ta’limot.
Do'stlaringiz bilan baham: |