An'anaviy va noan'anaviy energiya manbalari Rеjа: An’anaviy energiya manbalari. Noan’anaviy energiya manbalari
Download 22.06 Kb.
|
An\'anaviy va noan\'anaviy energiya manbalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
Noan’anaviy energiya manbalari
Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishining mavjud pog‘onasida energiya iste’moli faqatgina organik yoqilg‘ilar, gidroenergiya va atom energiyasidan foydalanish hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Lekin ko‘p sonli tadqiqotlar natijasiga ko‘ra organik yoqilg‘i yaqin kelajakda dunyo energetikasining ehtiyojlarini qisman qoniqtira oladi. Energiya iste’molining qolgan qismi boshqa – noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan qoniqtiriladi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari – doimo mavjud yoki atrof muhitda vaqti-vaqti bilan hosil bo‘luvchi energiya oqimlari asosidagi manbalardir. Qayta tiklanuvchi energiya insonning maqsadli faoliyati oqibatida paydo bo‘lmaydi, bu uning o‘ziga xos belgisidir. Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari – bu inson tarafidan energiya ishlab chiqarish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan tabiiy zahira va materiallardir. Bunga misol qilib yadro yoqilg‘isi, ko‘mir, neft, gazni keltirish mumkin. BMT bosh assambeyasi №33/148-son rezolyusiyasiga (1978 yil) muvofiq noan’anaviy va yangi hosil bo‘luvchi energiya manbaalariga quyidagilar kiradi: quyosh, shamol, geotermal, dengiz to‘lqinlari, okean va dengizlar sohillaridagi to‘lqinlardan hosil bo‘luvchi energiya biomassa, yog‘och, yog‘och-ko‘mir, torf, slaneslar, bitumsimon qumliklar, katta va kichik suv oqimlari gidroenergiyasi. Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining klassifiksiyasi 2-jadvalda keltirilgan. 1.4-jadval. Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari
1990-yillardan boshlab YUNESKO tashabbusi bilan BMTga a’zo davlatlar va manfaatdor tashkilotlar ko‘magida qayta tilanuvchi manbalardan keng miqyosda foydalanish g‘oyasini ilgariga surish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda. Download 22.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling