Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   422
Bog'liq
True

Qon plazmasi. Organizmda hayot рН 7,0 dan 7,8 gacha 
bo‘lgan sharoitda bo‘ladi. Qon plazmasi murakkab aralashma 
bo‘lib kuchsiz ishqoriy reaksiyaga (рН 7,36) ega. Plazmaning 
asosiy tarkibiy qismi suv (90–92 %), oqsil (7–8 %), glukoza 
(0,1 %) va tuzlar (0,9 %)dan iborat. 
Plazma oqsillari globulinlar (alfa, beta va gamma), albumin-
lar va (lipoproteinlarga) bo‘linadi. Oqsillar tarkibida albuminlar 
4,5 %, glo bulinlar 2–3,5 % va fibrinogen 0,2–0,4 % bo‘ladi. Oq-
sillar qon da ma’lum ahamiyatga ega: 1) fibrinogen qonni ivish ja-
rayonida qatna shadi; 2) gamma-globulin immunitetni ta’minlov-
chi antite lani saq laydi; 3) qon oqsillari qon tomirlarda qon bo-
simini saqlab turishda ahamiyatga ega bo‘lgan qonning yopish-
qoqligini oshiradi; 4) katta molekulyar og‘irlikka ega oqsillar ka-
pillyarlar devoridan o‘tmay, qon tomirlar tizimida ma’lum miq-
dorda suyuqlikni ushlab turadi va suv ni qon va to‘qima suyuqligi 
o‘tasida tarqalishida qatnashadi. 5) oqsillar bufer bo‘lib qon reak-
siyasini doimiyligini ushlab turishda ish tirok etadi.
Glukoza organizm hujayralari uchun asosiy energiya manbayi 
bo‘lib, qonda uning miqdori 4,44–6,66 mmol/l (80–120 mg %). 
Agar uning miqdori 2,22 mmol/l gacha kamaysa, miya hujayra-
larining qo‘zg‘aluvchanligi oshadi va odamda titroq paydo bo‘la-
di. Glukozaning miqdori kamayishda davom etsa, odam komaga 
tu shadi.
Plazmaning mineral tarkibiga NaCI, CaCI
2
, KCI, NaHCO
3
NaH
2
PO
4
va boshqa tuzlar kiradi. Na
+
, Ca
++
va K
+
miqdori-
ni nisbati va plazma ion tarkibini doimiyligini nisbati, organizm 
hayotida muhim ahamiyat ga ega. Endokrin tizimi kasalliklarida 
bu doimiylikning buzilishi hayot uchun xavflidir.
Qonning shaklli elementlari. Qonning shaklli elementlari eri-
trositlar, leykositlar va trombositlardan iborat.
Eritrositlar ikki tomoni botiq disk shaklida. Ularning yadro-
si bo‘lmay, diametri 7–8 mm, qalinligi 1–2 mkm. Erkaklarda 
eritrositlar 1 mkl qonda 5 000 000, ayollarda esa 1 mkl qonda – 
4 500 000. Eritrositlarning asosiy vazifasi kislorod va karbonat an-
gidridni tashish. Qizil ilikda har sekunda 10 mln eritrositlar ho-
sil bo‘ladi. Ular 120 kun yashab jigar va taloq da parchalanadi. 


340
Ba’zi bir kasalliklar oqibatida hosil bo‘lgan anemiyada qondagi 
eritrositlar miqdorini kamayishi gemoglabin miqdorini pasayishi-
ga olib keladi. Ammo bunda har bir eritrositdagi gemoglabin miq-
dori o‘zgarmaydi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling