336
holsizlanib qoladi, mushaklar bo‘shashib ketadi. Bemor jismoniy
mehnat qila olmaydi, tez ozib ketadi.
Terisi qorayib, bronza ran-
giga kiradi.
Bezni giperfunksiyasida jinsiy bezlar faoliyati kuchayib, osmir-
lar tez balog‘atga yetadi.
Oshqozon osti bezining endokrin qismi
Oshqozon
osti bezining endokrin qismi bez bo‘laklari o‘rta-
sida joylashgan
epiteliy hujayralaridan tashkil topgan pankreatik
(Langergans)
orolchalaridan iborat. Ular bezning ekzokrin qis-
midan biriktiruvchi to‘qi mali qatlamlar vositasida ajralgan. Orol-
chalar bezning dum qismida ko‘p bo‘ladi. Bu orolchalarning so-
ni 1
mln ga yaqin, kattaligi 0,1–0,3 mm bo‘lib, umumiy massa-
si bez og‘irligining 1–2 %ini tashkil qiladi. Pankreatik orolchalar
α va β hujayralardan iborat.
β hujayralar insulin gormoni ishlab
chiqaradi. Uning ta’si rida qonda qand
moddasi kamayib jigar va
mushaklarda glikogen holida to‘planadi. U glukozadan yog‘ hosil
bo‘lishini kuchaytirib, yog‘ning parchalanishini sekinlatadi. In-
sulin oqsil hosil bo‘lishini faollashtiradi. Uning yetishmovchiligi
qandli diabet kasalligiga olib keladi. α hujayralar
glukagon gor-
moni ishlab chiqaradi. Glukagon gormoni ta’sirida jigarda gliko-
gen glukozaga parchalanadi. Uning miqdorini ko‘payishi qonda
qand miqdorining oshishiga, giperglikemiyaga olib keladi. Un-
dan tashqari glukagon yog‘ni yog‘ to‘qimasiga
parchalanishini
kuchaytiradi.
Qandli diabet. Kasallik oshqozon osti bezining insulin gor-
monini kamayishi natijasida kelib chiqadi. Bunda qonda gluko-
za ko‘payishi xarakterli bo‘lib, u mo‘tadil holatdagi (4,44–6,66
mmol)dan 22 mmol gacha va undan ortiq darajaga ortadi. Bu
holatni giperglikemiya deyiladi. Giperglikemiyada,
ortiqcha qand
siydikka o‘tadi va qand siyish glukozuriya – qandli diabet kasal-
ligi kelib chiqadi. Bunda moddalar almashinuvi, ayniqsa, uglevod
almashinuvi
buziladi, qon-tomirlar shikastlanadi –
Do'stlaringiz bilan baham: