Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Qon guruhlarini aniqlash. Qon guruhlari ma’lum agglyutininlar
saq lovchi standart sivorotkalar yordamida aniqlanadi. Likopchaga bir tomchidan (aralashtirmasdan!) tarkibida tegishli agglyutininlar α va β , β , α bo‘lgan I, II va III guruh qonning standart sivorotkasi tomiziladi. Ularga tayoqcha bilan bir tomchidan tekshirilayotgan qon tomiziladi. Sivorotkada agglyutinatsiya – eritrositlarning bir- biriga yopi shib qolishi ro‘y berishi eritrositlarda bir nomdagi ag- glyutenogen borligini ko‘rsatadi. Masalan: agar agglyutinatsiya β agglyutinin saq lovchi II guruh qon sivorotkasida bo‘lsa, tekshiri- layotgan qon eritrositlarida agglyutenogen B bo‘lib, agglyutinogen A bo‘lmaydi. III guruh qoni ham shunday xususiyatga ega. Qon guruhlarini ikkita: II va III guruh sivorotkalari bilan aniq lash mumkin; I guruh sivorotkasi nazorat uchun olinadi. Qon ning guruh xususiyatlari nasldan naslga o‘tadi va umr bo‘yi o‘zgar maydi. Eng yaxshi natija bir xil guruh qonni quyilganda bo‘ladi. Rezus-faktorni albuminli ekspress usul bilan aniqlash uchun standart antirezus sivorotkadan foydalaniladi. Bu sivorotka qonda- gi antirezus-antitela rezus musbat qonni qayta quyish yoki homi- ladorlik bilan chaqirilgan rezus-manfiy odamlar qonidan tayyor- lanadi. Likopchaga bir tomchidan standart va nazorat sivorotkalar joy- lashtiriladi. Nazorat uchun albumin bilan suyultirilgan, tarkibida rezus-antitela bo‘lmagan AB (IV) guruh qoni sivoratkasi olinadi. Sivorotkalarga barmoqdan olingan qon qo‘shiladi va aralashtirila- di. So‘ngra likopchani 3–4 daqiqa chayqatiladi va bir tomchi nat- riy xloridning izotonik eritmasidan qo‘shiladi. Sivorotkada agglyu- tinatsiya bo‘lsa – qon rezus-musbat (Rh + ), agglyutinatsiya bo‘l- masa – rezus-manfiy (Rh – ) qon bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling