Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rezus-faktor.
Qon guruhlari
Qon guruhi Agglyutinogen Agglyutinin 0 (I) Yo‘q α va β A (II) A β B (III) B α AB (IV) AB Yo‘q 0 (I) guruh qon eritrositlarida agglyutinogen yo‘q, qon plaz- masida esa α va β agglyutininlar uchraydi. A (II) guruh qon eritrositlarida A agglyutinogeni, qon plaz- masida esa β agglyutinini bo‘ladi. B (III) guruh qon eritrositlarida B agglyutinogeni, qon plaz- masida esa α agglyutinini bo‘ladi. AB (IV) guruh qon eritrositlarida A va B agglyutinogenlari bo‘ladi, plazmada esa agglyutininlar bo‘lmaydi. Bir odamning qonini boshqa odamga qon guruhini hisobga olgan taq dirda qiyish mumkin. Qon beruvchi odam donor, qon oluv chi odam restipiyent deb ataladi. Qon quyishdan avval donor- ni va restipiyentni qon guruhlari aniqlanadi. Hozirgi vaqtda faqat bir guruhdagi qonni quyishga o‘tilgan. Ya’ni I guruh qonni I gu- ruh qonli odamlarga, II guruh qonni – II guruhga, III guruh qon- ni – III guruhga va IV guruhni – IV guruhga quyish mumkin. Rezus-faktor. Eritrositlarda asosiy agglyutinogenlardan tashqa- ri, birin chi marta makakus rezus maymuni qonida topilgan yana bir omil rezus-faktor bor. U 85 %ga yaqin odam qonida uchray- di va bunday qon rezus-musbat (Rh + ) qon deyiladi. Rezus-faktor bo‘lmagan qon rezus-manfiy (Rh – ) qon deyiladi. Bunday qon- ga ega odamda antirezus-agglyutinin bo‘lmaydi. Agar rezus-man- fiy qoni bo‘lgan odamga rezus-musbat qon quyilsa, rezus-manfiy odam qonida antirezus agglyutinin hosil bo‘ladi. Shu rezus-man- fiy qonli odamga rezus-musbat qon ikkinchi marta quyilsa, Rh + musbat eritrositlar antirezus agglyutinin ta’sirida agglyutinatsiyaga va gemolizga uchrab, gemotrasfuzion shok kelib chiqadi. Rezus-faktor homiladorlikning kechishida alohida ahamiyat- ga ega. Agar rezus-musbat erkakdan rezus-manfiy ayol homilador bo‘lsa, homilaga rezus-faktor otasidan o‘tishi mumkin va rezus- musbat bo‘lishi mumkin. Homila eritrositlaridagi rezus-faktor yo‘ldosh orqali ona qoniga o‘tib, unda antirezus-agglyutinin pay- 345 do qiladi. Immunizatsiya sekin o‘tgani uchun, birinch bola yaxshi tug‘ilishi mumkin. Qayta homiladorlik ro‘y bersa, ona qonida- gi antirezus-agglyutininlar yo‘ldosh orqali homila qoniga o‘tadi va homila eritrositlarini agglyutinatsiya va gemolizga uchratadi. Agar antirezus-agglyutininlar konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, bu ja- rayon kuchayib ketib, homila halokatga uchrashi mumkin. Rezus mos kelmaslik uncha kuchli bo‘lmasa, bola gemolitik sariqlik bi- lan tug‘iladi. Bunday holatda bolaning qonini to‘liq almashtirish kerak bo‘ladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling