Anatomiya 2014. indd
ush lab turadi. Oldingi – o‘pka poyasi teshigini, o‘pka poyasining to‘sqichi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
ush lab turadi.
Oldingi – o‘pka poyasi teshigini, o‘pka poyasining to‘sqichi to‘sib turadi. U aylana bo‘ylab joylashgan uchta yarim oysi- mon to‘sqichdan iborat. Ularning qavariq yuzasi o‘ng qorin- cha bo‘shlig‘iga, botiq yuzasi va erkin chekkasi o‘pka poya- si bo‘shlig‘iga qaragan. Har bir to‘sqichning erkin chekkasi- ning o‘rtasida qalinlashgan yarim oysimon to‘sqich tugunlari bo‘lib, qopqoqlarning zich yopilishini ta’minlaydi. Yarimoysi- mon to‘sqich bilan o‘pka poyasi o‘rtasida bo‘shliq bor. Qorincha- lar qisqarganida, yarim oysimon to‘sqichlar qon bosimi ta’sirida o‘pka poyasi devoriga yopi shadi. Qorinchalar bo‘shash ganida esa, orqaga qaytgan qon qop qoq bo‘shlig‘ini to‘latib, ularni yopadi va qon orqaga qaytmaydi. Chap bo‘lmacha noto‘g‘ri kub shaklida bo‘lib o‘ng bo‘lma- chadan silliq bo‘limachalararo to‘siq vositasida chegaralanib tu- radi. Unda joylashgan oval chuqurcha o‘ng bo‘lmacha tomonida yaxshi bilinadi. Chap bo‘lmachaning oldingi yuzasida chap quloq- cha joylashgan. Bo‘lmachaning ichki yuzasi silliq, quloqcha ichi- da taroqsimon mu shaklari bor. Chap bo‘lmachaga ochiladigan 5 357 ta teshikdan to‘rttasi yuqori va orqa tomonda joylashgan. Bular o‘pka venalari teshiklaridir . Beshinchi katta chap bo‘lmacha va chap qorinchalar orasidagi teshik chap bo‘lmachani chap qorin- chaga qo‘shib turadi. Chap bo‘lmachaning devori ichki tomondan silliq bo‘ladi. Chap qorincha asosi yuqoriga qaragan konus shaklda. Uning yuqo ri keng qismining o‘ng tomonida aorta teshigi chap tomoni- da chap bo‘lmacha va chap qorinchalar orasidagi teshik joylash- gan. Unda ikki tabaqali (mitral) to‘sqich joylashgan. Chap qo- rinchaning ichida ko‘p sonli mu shak trabekulalari va ikkita: ol- dingi va orqa so‘rg‘ichsimon mushaklar bor. Ularning mushak payining to‘ri to‘sqich tabaqalarini erkin chekkasiga birikadi. Aorta teshigi sohasi da qorinchaning ichki yuzasi silliq bo‘ladi. Aortaning boshlanish joyida aylana bo‘ylab uchta yarim oysi- mon to‘sqich joylashgan. To‘sqichlar va aorta devori o‘rtasida bo‘shliq bor. Aorta to‘sqichi tabaqa lari o‘pka poyasinikiga nis- batan qalin va tugunlari kattaroq bo‘ladi. Yurak devori uch qavatdan iborat. Ichki yupqa endokard yu- rakni ichki tomondan qoplaydi. Yurak qopqoqlari, pastki ka- vak vena va toj sinus burmalari endokard duplikaturasidan hosil bo‘lib, o‘rtasida biriktiruvchi to‘qima joylashgan. O‘rta qavat miokard (154-rasm) yurakning ko‘ndalang-targ‘il mu shagidan tuzilgan bo‘lib, ularning qisqarishi odam ixtiyori- dan tash qariligi bilan skelet mushaklaridan ajralib turadi. Bu mu- shak hujayralarining o‘zaklari markazda joylashgan bo‘lib, o‘zaro sinsistiy lar hosil qilgan holda birikib mushak to‘rini hosil qiladi. Bo‘lmacha va qorinchalar miokardi o‘zaro tutashmagan. Ular o‘ng va chap bo‘lmacha va qorin- chalar orasidagi teshikni o‘ragan o‘ng va chap fib roz halqalardan boshlanadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling