Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
(si-
nusi) hosil qilib, o‘ng bo‘lmachaga ochiladi. Toj sinusga quyuv- chi venalardan tash qari yurakda to‘g‘ri o‘ng bo‘lmachaga quyuv- chi yurakning 20–30 ta mayda (Tebeziyev) venalari ham bor. Perikard (pericardium) yurakni tashqi tomondan o‘ragan seroz qopcha. U tuzilishi har xil ikki: tashqi yurak xaltasining biriktiruv- chi to‘qimali fibroz qismi (pericardium fibrosum) va ichki yurak xaltasining seroz qavatidan (pericardium serosum) iborat. Tashqi qavat fibroz perikard yurak asosida yirik qon tomirlarning tashqi pardasiga o‘tib ketadi. Ichki seroz perikard ikki qatlamdan iborat: parietal qatlam fibroz perikardni ichki tomondan qoplaydi. Vis- seral qatlam yurakning tashqi pardasi epikardni hosil qiladi. Se- roz perikardning parietal va visseral qatlamlari yurak asosida biri- dan biriga o‘tadi va ular o‘rtasida yurak xaltasining bo‘shlig‘i hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliq da oz miqdorda seroz suyuqlik bo‘ladi. Peri- kard noto‘g‘ri konus shaklida bo‘lib uch qismi tafovut qilinadi: 1. Oldingi to‘sh-qovurg‘a qismi o‘ng va chap mediastinal ple- vra o‘rtasida, oldingi ko‘krak devorining orqa yuzasiga to‘sh-pe- rikard boylamlari vositasida birikib turadi. 2. Pastki diafragma qismi diafragmaning pay markaziga birikib turadi. 3. Mediasti- nal qismi lateral va qisman oldingi tomondan mediastinal plevra- ga yopishib turadi. Bu qismning o‘ng va chap tomonlaridan dia- fragma nervi va qon tomirlar o‘tsa, orqa tomonidan qizilo‘ngach, ko‘krak aortasi, toq va yarimtoq venalarga tegib turadi. Perikard yangi tug‘ilgan chaqaloqda yumaloq shaklda bo‘lib, yurak ni zich o‘rab turadi. Uning vertikal o‘lchami 35 mm, ko‘ndalangi 41,5 mm dir. U nisbatan qalin, ammo cho‘ziluv- chan bo‘ladi. Uning yuqori chegarasi juda yuqori, to‘sh-o‘mrov 361 bo‘g‘imlarini qo‘shib turuvchi chiziqqa yetadi. Pastki chegarasi esa yurakning pastki chegarasiga teng. Bolalarda perikard hara- katchan bo‘ladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling