Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   422
Bog'liq
True

Yurak tonlari. Yurakning ishi vaqtida fonendoskop bilan eshi-
tiladigan tovushlar paydo bo‘lib, ularni yurak tonlari deyiladi. 
Yurak ning ikki toni: I ton yoki sistolik ton va II diastolik ton 
farq lanadi. Birinchi ton nisbatan past, bo‘g‘iq va uzoq, ikkinchi 
ton qisqa va nisbatan yuqori. Sistolik ton qorinchalar sistolasi 
boshlanishida paydo bo‘lib: 1) yopilayotgan bo‘lmacha va qorin-
chalar orasidagi qopqoq larning tebranishi; 2) qisqarayotgan qo-
rinchalar mushagini tebranishi; 3) taranglashgan pay ipchalarning 
tebranishidan hosil bo‘ladi. Diastolik ton diastolani boshlanishi-
da, aorta va o‘pka poyasini yarim oysimon qopqoqlarini yopilgan 
vaqt da paydo bo‘ladi. 


363
Ko‘krak devorida yurak tonlari aniq eshitiladigan nuqtalar 
bor. Ikki tabaqali yoki mitral qopqoq toni yurak uchi sohasida, 
chap beshinchi qovurg‘a oralig‘ida o‘rta o‘mrov chizig‘idan 1,0–
1,5 sm ich kariroqda eshitiladi. Aorta qopqog‘i o‘ng ikkinchi qo-
vurg‘a oralig‘ida, to‘sh suyagi chekkasida eshitilsa, o‘pka poyasi 
chap ikkinchi qovurg‘a oralig‘ida, to‘sh suyagi chekkasida eshi-
tiladi. Uch tabaqali qopqoq to‘rtinchi o‘ng qovurg‘a tog‘ayining 
to‘sh suyagiga birikkan joyda eshitiladi.
Yurakning sistolik va minutlik hajmi. Tinch holatda yurak qo-
rinchalari har bir qisqarishida taxminan 60–70 ml qonni hay-
dab chiqaradi. Bu yurakning sistolik hajmi deb ataladi. Bu o‘ng 
va chap qorinchalar uchun bir xil. Jismoniy ish bajarganda sisto-
lik hajm ortadi.
Yurakning minutlik hajmi – bu yurakning bir minutda haydab 
chi qargan qon miqdori. Tinch holatda bu 5 l atrofida bo‘ladi. Agar 
sis tolik hajm 70 ml va yurak minutiga 70 marta qisqarsa, minutlik 
hajm 70 ml ½ 70 = 4900 ml bo‘ladi.
Yurakning o‘tkazuvchi tizimi. Y urak miokardining ritmik ra-
vishda qis qarishini uning o‘tkazuvchi tizimi bosh qarib turadi (156-
rasm).
Yurakning o‘tkazuvchi tizimi qo‘zg‘alishini yurak nervlaridan 
bo‘l macha va qorinchalar miokardiga o‘tkazib berish xususiyati-
ga ega atipik mushak tolalaridan iborat. Ular tarkibida miofibrillar 
kam, sarkoplazmasi ko‘p bo‘ladi. Yurakning o‘tkazuvchi tizimi quyi-
dagilardan iborat:
1. Sinus-atrial 
(Kis-Flek) tuguni o‘ng bo‘lmacha devorida yu-
qori kavak vena teshigi bilan o‘ng quloqcha o‘rtasida joylashib 
bo‘lmachalar miokardiga tolalar beradi.
2. Bo‘lmacha-qorincha 
(Ashoff–Tavar) tuguni bo‘lmacha-
lararo to‘ 
siqning pastki qismida joylashgan. Pastga tomon tu-
gun hujay ralarining o‘simtalarining bo‘lmacha-
lar va qorinchalar miokardini bog‘lab turuvchi 
bo‘lmacha-qorincha 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling