Anatomiya 2014. indd
-rasm. Yurak miokardining qavatlari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurakning topografiyasi.
154-rasm. Yurak miokardining qavatlari:
1–o‘ng o‘pka venalari; 2–chap bo‘lmacha; 3–chap o‘pka venalari; 4–chap quloqcha; 5, 10–chap qorin- chaning o‘rta halqasimon qavati; 6–chap qorincha; 7–chap qorinchaning tashqi qiyshiq qavati; 8–yurak girdobi; 9–miokardning chuqur bo‘ylama qavati; 11–o‘pka poyasi to‘sig‘i; 12–aorta to‘sig‘i; 13–yuqorigi kavak vena. 358 Bo‘lamachalar miokardi ikki: 1. Yuza qavati ikkala bo‘lmacha uchun umumiy ko‘ndalang tolalardan iborat. 2. Chuqur qavati har bir bo‘lmacha uchun alohida, bo‘ylama yo‘nalishdagi mushak tolalaridan iborat. Bo‘ylama tolalar fibroz halqadan boshlansa, aylanma tolalar bo‘lmachaga quyilgan venalarni o‘rab turadi. Qorinchalar miokardi turli yo‘nalishdagi uch qavatdan ibo- rat. Tashqi qiyshiq qavat fibroz halqadan boshlanib, yurak uchida yurak girdobini hosil qilib, ichki bo‘ylama qavatga o‘tib ketadi. So‘rg‘ichsimon mushaklar va mushak trabekulalari shu qa- vat mushaklari hisobiga hosil bo‘ladi. Bu ikkala qavat qorinchalar uchun umumiy. Ular o‘rtasida joylashgan aylanma qavat esa qo- rinchalar uchun alohida. Qorinchalararo to‘siq shu qavat mushak tutamlaridan iborat. Yurak devorining tashqi qavati epikard miokardni ustidan qop- lab turuvchi yurak xaltasining visseral varag‘idan iborat. U yupqa biriktiruv chi to‘qima qatlami bo‘lib, mezoteliy bilan qoplangan. Epikard yurakka kiruv chi va yurakdan chiquvchi yirik qon tomir- larni o‘rab, perikardning parietal varag‘iga o‘tib ketadi. Yurakning topografiyasi. Yurak va uni o‘ragan yurak xaltasi ko‘krak qafasida o‘rta ko‘ks oralig‘ida o‘rta chiziqdan chaproqda yurak ning uchdan ikki qismi, o‘ngroqda uchdan bir qismi joy- lashgan. Yon va qisman old tomondan yurak plevra bilan qop- langan o‘pka, oldingi ozgina qismi esa to‘sh suyagi va qovurg‘a tog‘aylariga tegib turadi. Yurakning yuqori chegarasi o‘ng va chap uchinchi qovurg‘a tog‘aylari yuqori chekkasini birlashtiruvchi chiziqda joylashgan. O‘ng chegarasi o‘ng uchinchi qovurg‘a tog‘ayi yuqori chekkasi- dan boshlanib, to‘sh suyagi chekkasidan 1–2 sm o‘ngda vertikal yo‘nalib, beshinchi qovurg‘a tog‘ayigacha tushadi. Pastki chega- rasi o‘ng beshinchi qovurg‘a tog‘ayidan yurak uchigacha o‘tgan chi ziqda. Yurak uchi esa chap beshinchi qovurg‘a oralig‘ida o‘rta o‘mrov chizig‘idan 1–1,5 sm ichkarida yotadi. Chap chegara- si chap uchinchi qovurg‘a tog‘ayining yuqori chekkasidan to‘sh suyagining chap chekkasi bilan chap o‘rta o‘mrov chizig‘i o‘rtasi- dagi sohadan boshlanib, yurak uchigacha boradi. Yurak klapanlarining eshitish sohalari quyidagicha: chap atrio- ventrikular klapan chap uchinchi qovurg‘a tog‘ayi sohasida. O‘ng atrio ventrikular klapan to‘rtinchi o‘ng qovurg‘a tog‘ayining to‘sh 359 suyagiga birikkan joyida. Aorta klapani to‘sh suyagining chap qir- rasida, uchinchi qovurg‘a oralig‘ida. O‘pka poyasi klapani chap uchinchi qovurg‘a tog‘ayining to‘sh suyagiga birikkan joyida. Yurak ning chegaralari yoshga qarab o‘zgarib boradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq yuragi yuqori va ko‘ndalang joyla- shadi. Yurak uchi proyeksiyasi IV qovurg‘a oralig‘ida chap o‘rta o‘mrov chizig‘idan 1–2 sm tashqarida bo‘ladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolada uning yuqori chegarasi ikkinchi qovurg‘a oralig‘ida bo‘lsa, past ki chegarasi kattalarnikiga nisbatan bir qovurg‘a ora- lig‘ida yuqori turadi. O‘ng chegarasi to‘sh suyagining o‘ng chek- kasida yoki undan 0,5–1 sm o‘ngroq da joylashgan. 2–3 yoshlar- da yurak qiyshiq holat ga o‘tadi va o‘smirlik davrida katta larnikiga o‘xshab qoladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling