Anatomiya 2014. indd


tutamlari  bo‘ladi. O‘ng bo‘lmacha devorida yuqorigi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   422
Bog'liq
True

 tutamlari 
bo‘ladi. O‘ng bo‘lmacha devorida yuqorigi
 va pastki kavak vena 
teshigi
o‘rtasida venalararo do‘mboqcha bor. Pastki kavak vena 
teshigining pastki qirrasi bo‘ylab yarim oysimon shakldagi pastki 
kavak vena to‘sig‘i joylashgan. Bu burma homila davrida qonni 
o‘ng bo‘lmachadan oval teshik orqali chap bo‘lmachaga yo‘nalti-
153-rasm. Yurakning bo‘ylama kesmasi. Old tomondan ko‘rinishi:
1–o‘ng o‘pka venasi; 2–o‘ng o‘pka venasining teshigi; 3–chap o‘pka venasi; 
4–chap o‘pka venasining teshigi; 5–chap bo‘lma-
cha; 6–chap bo‘lmacha va chap qorincha orasidagi 
to‘sqich; 7, 14–paysimon ipchalar;
8, 13–so‘rg‘ichsimon mu shaklar; 9–miokard;
10–epikard; 11–endokard; 12–qorinchalararo 
to‘siqning mu shak qismi; 15–o‘ng bo‘lmacha va 
o‘ng qorincha orasidagi to‘sqichning orqa tabaqa-
si; 16–o‘ng bo‘lmacha va o‘ng qorincha orasidagi 
to‘sqichning to‘siq sohasidagi tabaqasi;
17–qorinchalararo to‘siq ning parda qismi;
18–yurak toj venasi teshigi; 19–o‘ng quloqcha; 
20–pastki kavak vena teshigi; 21–oval chuqurcha.


356
radi. Bo‘lmacha qorincha bilan o‘ng bo‘lmacha va o‘ng qorincha 
orasidagi teshik
 orqali qo‘shilib turadi. Pastki kavak vena teshigi 
bilan o‘ng bo‘lmacha va o‘ng qorincha orasidagi teshik o‘rtasida 
tojsimon sinus
teshigi ochiladi. Uning atrofini ingichka o‘roq-
simon burma – tojsimon sinus to‘sig‘i o‘ragan.
O‘ng qorincha
 uchi pastga qaragan uch qirrali piramida shakli-
da bo‘lib, devorining qalinligi 5–8 mm. Uning medial devori qo-
rinchalararo to‘siq
hosil qilib, ko‘p qismi mushakdan va yuqo-
ri bo‘lmachaga yaqin qismi pardadan
 iborat. O‘ng qorinchaning 
yuqo rigi keng qismida ikkita teshik bor. Orqadagi o‘ng bo‘lma-
cha va qorinchalar orasidagi teshik bo‘lib, o‘ng bo‘lmacha va o‘ng 
qorincha orasidagi (uch tabaqali) to‘sqich bilan bekilgan. Qop-
qoq tabaqalari uchburchak shaklidagi pay qatlamcha ko‘rinishida 
bo‘lib, ularning asosi teshik aylanasiga birikkan, erkin chekkala-
ri esa qorincha bo‘shlig‘iga qaragan. Bo‘lmacha qisqarganida qon 
bosimi ta’siri ostida qopqoq tabaqalari qorincha devoriga yopi-
shadi va qonning qorinchaga o‘tishiga qarshilik qilmaydi. Qorin-
cha qisqarganida to‘sqich tabaqalarining erkin chekkalari yopila-
di, ammo bo‘lmachaga qarab bukilmaydi, chun ki qorincha tomo-
nidan ularni so‘rg‘ichsimon mushaklar uchidan boshlangan pishiq 
biriktiruvchi to‘qima li mushak payining tori

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling