Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy uyqu arteriyasi
Aorta ravog‘i tarmoqlari
Aorta ravog‘ining ko‘tarilgan tomonidan uchta yirik arteriya: yelka-kalla poyasi, chap umumiy uyqu arteriyasi va chap o‘mrov osti arteriyasi boshlanadi. Yelka-kalla poyasi (truncus brachiocepalicus) aorta ravog‘idan o‘ng II qovurg‘a tog‘ayi sohasida chiqadi. Yelka-kalla poyasi yuqo- riga va o‘ng tomonga yo‘nalib, o‘ng to‘sh-o‘mrov bo‘g‘imi sohasida o‘ng umumiy uyqu va o‘ng o‘mrov osti arteriyasiga bo‘linadi. Umumiy uyqu arteriyasi (a. carotis communs) o‘ng tomon- da yelka-kalla poyasidan chap tomonda bevosita aorta ravog‘idan 368 160-rasm. Tashqi uyqu arteriyasi tarmoqlari. Chap tomondan ko‘rinishi: 1–ko‘z kosasi usti arteriyasi; 2–chakkaning chuqur arteriyasi; 3–miya pardasining o‘rta arteriyasi; 4–yuzning ko‘ndalang arteriyasi; 5–ustki jag‘ arteriyasi; 6–chakkaning yuza ar- teriyasi; 7–quloq suprasining orqa arteriya- si; 8, 12–halqumning yuqoriga yo‘nalgan arte- riyasi; 9–ensa arteriyasi; 10–yuqoriga yo‘nal- gan tanglay arteriyasi; 11–yuz arteriyasi; 13–ichki yuqu arteriyasi; 14–adashgan nerv; 15–diafragma nervi; 16–umumiy uyqu arte- riyasi; 17–oldingi narvonsimon mushak; 18–bo‘yinning ko‘tariluvchi arteriyasi; 19–pastki qalqonsimon arteriyasi; 20–qal- qonsimon-bo‘yin poyasi; 21–qovurg‘a-bo‘yin poyasi; 22–chap o‘mrov osti arteriyasi; 23–umurtqa arteriyasi; 24–ustki qalqonsimon bez arteriyasi; 25–ustki hiqil- doq arteriyasi; 26–tashqi uyqu arteriyasi; 27–pastki jag‘ osti bezi; 28–engak osti arteriyasi; 29–engak tarmog‘i; 30–pastki lab arteriyasi; 31–lunj arteriyasi; 32–ustki lab arteriyasi; 33–ustki jag‘dagi tish katakchala- rining orqa arteriyasi; 34–tanglayni pastga yo‘nalgan arteriyasi; 35–ko‘z kosasining pastki arteriyasi; 36–chaynov arteriyasi; 37–ko‘z burchagiga yo‘naluvchi arteriya; 38–burunning orqa arteriyasi; 39–g‘altak usti arteriyasi. boshlanadi. Shuning uchun chap umumiy uyqu arteriyasi o‘ngiga nisbatan 2–2,5 sm uzun. Umumiy uyqu arteriyasi to‘sh-o‘mrov- so‘rg‘ichsimon va kurak-til osti mushaklarning orqasida bo‘yin umurtqalari ko‘ndalang o‘simtalari oldida vertikal yo‘nalib yuqo- riga ko‘tariladi. Bo‘yinda uning lateral tomonida ichki bo‘yin- turuq venasi, orqa tomonida adashgan nerv joylashgan bo‘lib, bo‘yin fassiyasi bilan o‘raladi va bo‘yinning tomirli-nerv li dasta- sini hosil qiladi. Qalqonsimon tog‘ayning yuqori chekkasi sohasi- da har bir umumiy uyqu arteriyasi tashqi va ichki uyqu arteriya- lariga bo‘linadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling