376
usti
suyaklarini, tirsak va bilak-kaft usti bo‘g‘imlarini, bilak mus-
haklari va terisini qon bilan ta’minlaydi.
Qo‘l panjasining kaft yuzasida bilak, tirsak arteriyalari va ular-
ning tarmoqlarini anastomozashuvidan hosil bo‘lgan kaftning
yuza ki va chuqur ravoqlari joylashgan.
Bu ravoqlardan chiqqan
tarmoqlar barmoqlarni qon bilan ta’minlaydi.
Aortaning tushuvchi qismi
Aortaning tushuvchi qismi
aortaning eng uzun qismi. U ko‘krak
va qorin qismlariga bo‘linadi.
Aortaning ko‘krak qismi (pars thoracica aortae)
ko‘krak qa-
fasida orqa ko‘ks oralig‘ida umurtqa pog‘onasini chap tomonida
yotadi. Undan ko‘krak qafasi devoriga
boruvchi parietal va ichki
a’zolarga boruvchi visserai tarmoqlar chiqadi.
Ko‘krak aortasining parietal tarmoqlariga diafragmaning ust ki
arteriyalari va orqa qovurg‘alararo arteriyalar kiradi. Diafragma-
ning ustki arteriyasi
juft, aortadan
diafragmaning ustida boshla-
nib, uning bel qismini va uni qoplagan parietal plevrani qon bi-
lan ta’min laydi.
Orqa qovurg‘alararo arteriyalar (165-rasm)
10 juft bo‘lib,
III–XII qovurg‘alar oralig‘ida, qovurg‘a egatida tashqi va ich-
ki qovurg‘alar aro mushaklar o‘rtasida yotadi. Bu arteriyalar qo-
vurg‘alararo
mu shaklarni, qovurg‘ani va ko‘krak terisini qon bilan
ta’minlaydi. Bundan tashqari IV–VI orqa qovurg‘alararo arteriya-
lardan sut bezlari tarmoqlari chiqadi. Pastki arteriyalar,
shuning-
dek, qorinning oldingi devori mushaklarini va terisini qon bilan
ta’minlaydi. XII orqa qovurg‘alararo arteriya XII qovurg‘a ostida
yotgani uchun qovurg‘a osti arteriyasi
Do'stlaringiz bilan baham: