Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘ltiq osti arteriyasi
Ichki ko‘krak arteriyasi umurtqa arteriyasining qarshisidan
bosh lanadi. U to‘sh suyagining chekkasidan 1–1,5 sm tashqariroqda I- VII qo vur g‘a tog‘ayi bo‘ylab pastga tushadi va VII qovurg‘aning pastki chekkasida diafragma mushaklarining arteriyasi va qorin devorining ustki arteriyasiga bo‘linadi. Ichki ko‘krak arteriyasi- ning tarmoqlari ko‘krak va qorinning oldingi devori mushaklari- ni, sut bezini, ayrisimon bezni, perikard va diafragmani qon bi- lan ta’minlaydi. O‘mrov osti arteriyasining ikkinchi qismidan qovurg‘a-bo‘yin poyasi chiqadi. Bu arteriya narvonsimon mushaklar oralig‘idan bosh lanib, ikki shoxga: bo‘yinning chuqur arteriyasi va eng yuqo- rigi qovurg‘alararo arteriyaga bo‘linadi. Bu arteriyalar bo‘yin va boshning yarim qirrali mu shagini va yuqorigi ikkita qovurg‘aaro soha mu shaklarini qon bilan ta’minlaydi. O‘mrov osti arteriyasining uchinchi qismidan bo‘yinning ko‘n- dalang arteriyasi chiqadi. U oldingi narvonsimon mushakning la- teral chekkasi sohasida boshlanib, kurakning o‘tkir qirrasini me- dial uchi sohasida yuza va chuqur tarmoqqa bo‘linib orqa mu- shaklari va terisini qon bilan ta’minlaydi. Qo‘ltiq osti arteriyasi (a. axillaris) o‘mrov osti arteriyasi- ning bevosita davomi (164-rasm) bo‘lib, qo‘ltiq osti chuqurcha- 163-rasm. O‘ng o‘mrov osti arteriyasi. Yon tomondan ko‘rinishi: 1–ichki uyqu arteriyasi; 2–tashqi uyqu arteriyasi; 3–bo‘yinning ko‘tari- luvchi arteriyasi; 4–pastki qalqonsimon arteriya; 5–bo‘yinning ko‘ndalang arteriyasi; 6–umumiy uyqu arteriyasi; 7–qalqonsimon-bo‘yin poyasi; 8–kurak usti arteriyasi; 9–o‘mrov osti arteriyasi; 10–ichki ko‘krak arteriyasi; 11–birinchi qovurg‘a- lararo orqa arteriya; 12–ikkinchi qovurg‘alararo orqa arteriya; 13–eng uyqorigi qovurg‘alararo ar- teriya; 14–qovurg‘a-bo‘yin poyasi; 15–bo‘yinning chuqur arteriyasi; 16–umurtqa arteriyasi. 374 sida yelka chigali poyalari o‘rtasida joylashgan. Katta ko‘krak mu shagining past ki chekkasida u yelka arteriyasiga o‘tib ketadi. Qo‘ltiq osti arteriyasi uch qismga bo‘lib o‘rganiladi. Uning bi- rinchi qismi ko‘krak-o‘mrov uchburchagi sohasida quyidagi tar- moqlar chiqadi: 1. Ko‘krakning yuqorigi arteriyasi tarmoqlari I–II qovurg‘a oralig‘iga yo‘nalib I va II qovurg‘alar oralig‘idagi mushaklarni, shuning dek, omrov osti, katta, kichik ko‘krak va oldingi tishsi- mon mu shaklarni qon bilan ta’minlaydi. 2. Ko‘krak-kurak o‘sig‘i arteriyasi kichik ko‘krak mu shagining yuqori chekkasi sohasida boshlanadi va to‘rtta: kurak o‘sig‘iga yo‘naluvchi, o‘mrov, deltasi- mon va ko‘krak tarmoqlariga bo‘linib kurak-o‘mrov bo‘g‘imi, qis- man yelka bo‘g‘imi xaltasi o‘mrov suyagi va o‘mrov osti mushagi- ni deltasimon, katta va kichik ko‘krak mushaklari ni, shiningdek, ularga tegishli soha terisini qon bilan ta’minlaydi. Qo‘ltiq osti arteriyasining ikkinchi qismi, ko‘krak uchburcha- gi sohasida, undan ko‘krak qafasining lateral arteriyasi chiqib ol- dingi tishsimon mushakni tashqi yuzasi bo‘ylab pastga yo‘naladi va uni qon bilan ta’minlaydi. Undan sut beziga yo‘naluvchi late- ral tarmoq lar chiqadi. Uchinchi qism ko‘krak osti uchburchagi sohasida quyidagi arte- riyalar chiqadi: 1. Kurak osti arteriyasi qo‘ltiq osti arteriyasining eng yirik tar mog‘i bo‘lib ikkiga bo‘linadi: a) ko‘krak orqasining arteriya- si kurakning lateral chekkasi bo‘ylab yo‘nalib, oldingi tishsimon, kurak osti, katta yumaloq va orqaning serbar mushagini qon bi- lan ta’minlaydi; b) ku rakni o‘rov chi arteriya uch tomonli teshik orqali kurakning orqa yuzasiga o‘tib, kurak qirrasi ustidagi, ku- rak qirrasi ostidagi, kichik yuma loq mushaklarni va shu soha te- risini qon bilan ta’minlaydi. 2. Yelka suyagini o‘rovchi oldingi arteriya yelka suyagining xi- rurgik bo‘ynini oldidan aylanib o‘tib, yelka bo‘g‘imi va deltasi- mon mu shakni qon bilan ta’minlaydi. 3. Yelka suyagini o‘rovchi orqa arteriya to‘rt tomonli teshik orqali kurakni orqa yuzasiga o‘tib, oldingi shu nomli arteriya bi- lan anastomoz hosil qilib yelka bo‘g‘imini va uning atrofida joy- lashgan mu shaklarni qon bilan ta’minlaydi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling