Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   422
Bog'liq
True

Yelka arteriyasi (a. brachialis) qo‘ltiq osti arteriyasining be-
vosita davomi (164-rasm) bo‘lib, katta ko‘krak mushagining past-


375
ki chekkasi sohasida boshlanadi. Yelka sohasida yelka arteriyasi 
yelka ning ikki bosh li mushagini medial tomonidagi egatda o‘z no-
midagi venalar va o‘rtadagi nerv bilan tirsak chuqurchasiga bora-
di. Bu chuqurchada bilak suyagi bo‘yni sohasida bilak va tirsak ar-
teriyalariga bo‘linadi. Yelka arteriyasining eng katta tarmog‘i yel-
kaning chuqur arteriyasi bilak nervi bilan yelka-mushak kanalida 
yo‘nalib, yelka suyagini va yelka mushaklarini qon bilan ta’min-
laydi, uning tarmoqlari, shuningdek, tirsak bo‘g‘imi arterial to‘ri-
ni hosil qilish da ishtirok etadi. Yelka arteriyasining tarmoqlari 
bo‘lgan tirsak tarafdagi yuqori va pastki arteriyalar tirsakning qay-
tuvchi arteriyasi tarmoqlari bilan anastomozlashib, tirsak bo‘g‘imi 
to‘rini hosil qilishda qatnashadi.
Bilak arteriyasi (a. radialis) yelka arteriyasining bevosita da-
vomi bo‘lib, yumaloq pronator va yelka-bilak mushaklari o‘rtasi-
dan past ga yo‘naladi. Bilakning pastki qismida fassiya va teri os-
tida joylash gan bo‘lib, bu sohada puls aniqlanadi. Bilakning pastki 
qismida arteriya bilak suyagi bigizsimon o‘siqchasini aylanib qo‘l 
kaftining orqa tomoniga o‘tadi. Kevin u birinchi kaft suyagi ora-
lig‘i orqali bosh barmoqni aylanib yana kaftga qaytadi. Kaftda bi-
lak arteriyasi tirsak arteriyasining chuqur kaft tarmog‘i bilan anas-
tomozlashib kaftning chuqur arterial ravog‘ini hosil qiladi. Bilak 
arteriyasidan uning yo‘nalishida chiqqan ko‘p sonli tarmoqlar bi-
lak va kaft usti suyaklarini, tirsak va bilak-kaft usti bo‘g‘imlarini, 
bilak mushaklari va terisini qon bilan ta’minlaydi.
Tirsak arteriyasi (a. ulnaris) tirsak chuqurchasidan yumaloq 
pronator mushagi ostidan o‘tgach, o‘z nomidagi nerv bilan tir-
sak egati bo‘ylab pastga tushib, kaftga o‘tadi va bilak arteriyasi-
ni kaftnig yuza tarmog‘i bilan anastomozlashib kaftning yuza ra-
vog‘ini hosil qiladi. Tirsak arteriyasining tarmoqlari bilak va kaft 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling