Anatomiya 2014. indd
Buyrak usti bezining o‘rta arteriyasi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qorin poyasi
1. Buyrak usti bezining o‘rta arteriyasi I bel umurtqasi sohasi-
da boshlanib buyrak usti bezi darvozasiga kirib buyrak usti bezini qon bilan ta’minlashda ishtirok etadi. 2. Buyrak arteriyasi I–II bel umurtqalari sohasida boshlanib, to‘g‘ri burchak ostida buyrak darvozasiga kirib, oldingi va orqa shox- larga bo‘linadi. Buyrak arteriyasidan buyrak usti bezining pastki ar- teriyasi va siydik nayi tarmoqlari chiqadi. 3. Moyak (tuxumdon) arteriyasi ingichka uzun arteriya bo‘lib, buyrak arteriyasidan pastroqdan boshlanadi. Erkaklarda moyak arteriyasi chov kanalidan o‘tib, urug‘ tizimchasi tarkibida 378 moyakka boradi. Ayollarda tuxumdon arteriyasi tuxumdonni osil- tirib turuvchi boylami tarkibida tuxumdonga boradi. Qorin aortasining toq visseral tarmoqlariga qorin poyasi, ust- ki va pastki ichaktutqich arteriyalari kiradi. Ular qorin bo‘shlig‘ida joy lashgan toq a’zolarni qon bilan ta’minlaydi. 1. Qorin poyasi (truncus coeliacus) uzunligi 1,5–2 sm bo‘lgan qisqa tomir, aortaning (166-rasm) oldingi yuzasidan XII ko‘krak umurtqasi sohasida boshlanadi. Oshqozon osti bezining yuqori chekkasida uchta: osh qozonning chap, umumiy jigar va taloq ar- teriyasiga bo‘linadi. a) oshqozonning chap arteriyasi oshqozonning kichik egriligi bo‘ylab yotib, qizilo‘ngachning qorin qismi va oshqozonning ta- nasini qon bilan ta’minlaydi. b) umumiy jigar arteriyasi o‘ng tomonga yo‘nalib ikkiga: ji- garning xususiy arteriyasi va oshqozon o‘n ikki barmoq ichak arteriyasiga bo‘linadi. Jigarning xususiy arteriyasi jigar-o‘n ik- ki barmoq ichak boylami ichida jigar darvozasiga borib, o‘ng va chap tarmoq qa bo‘linadi. Jigar ichida ular sektor, segment va bo‘laklararo arteriyalarga bo‘linadi. O‘ng tarmoqdan o‘t pufagi- ni qon bilan ta’minlov chi o‘t pufagi arteriyasi chiqadi. Xususiy jigar arteriyasidan oshqozonning kichik egriligi bo‘ylab yo‘nalib, oshqozonning pilorik qismini qon bilan ta’minlovchi o‘ng osh- qozon arteriyasi chiqib, chap oshqozon arteriyasi bilan anasto- mozlashadi. Oshqozon-o‘n ikki barmoq ichak arteriyasi oshqozonning pi- lorik qismining orqasidan o‘tib, o‘ng oshqozon-charvi va ustki oshqozon osti bezi-o‘n ikki barmoq ichak arteriyasiga bo‘lina- di. O‘ng osh qozon-charvi arteriyasi oshqozonning katta egriligi Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling