Anatomiya 2014. indd
-rasm. Qorin bo‘shlig‘i yuqori qavati a’zo-
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ustki ichak-tutqich arteriyasi
166-rasm. Qorin bo‘shlig‘i yuqori qavati a’zo-
larining arteriyalari. Old tomondan ko‘rinishi: 1–jigarning xususiy arteriyasining chap tar- mog‘i; 2–qorin poyasi; 3–oshqozonning chap arteriyasi; 4–aortaning qorin qismi; 5–taloq arteriyasi; 6–chap oshqozon-charvi arteriyasi; 7-oshqozonning o‘ng arteriyasi; 8–o‘ng osh- qozon-charvi arteriyasi; 9–oshqozon-o‘n ikki barmoq ichak arteriyasi; 10–umumiy jigar arteriyasi; 11–jigarning xususiy arteriyasi; 12–o‘t pufagi arteriyasi; 13–jigarning xususiy arteriyasining o‘ng tarmog‘i. 379 bo‘ylab chap tomonga yo‘nalib, chap oshqozon-charvi arteriya- si bilan anastomozlashadi. Undan oshqozonni va katta charvini qon bilan ta’minlovchi tarmoqlar chiqadi. Ustki oshqozon osti bezi-o‘n ikki barmoq ichak arteriyalari o‘n ikki barmoq ichak- ning yuqori qismini va oshqozon osti bezining boshini qon bilan ta’minlaydi. d) taloq arteriyasi (a. lienalis) oshqozon osti bezining ustki qirrasi bo‘ylab yo‘nalib oshqozon osti bezining tana va dum qism- larini qon bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari oshqozon tubini qon bilan ta’minlovchi oshqozonning kalta arteriyalarini bergach ta loqqa yo‘naladi. Taloq darvozasida u shoxlanib, taloq parenxi- masiga tarqaladi. Taloq darvozasida taloq arteriyasi yoki uning tarmoqlaridan chiqqan chap oshqozon-charvi arteriyasi oshqo- zonning katta egriligi bo‘ylab o‘ng tomonga yo‘nalib osh qozonni va katta charvini qon bilan ta’minlaydi va o‘ng oshqozon-charvi arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. 2. Ustki ichak-tutqich arteriyasi (a. mesenterica superior) qo- rin aortasidan oshqozon osti bezi tanasini orqasida XII ko‘krak I bel umurt qasi sohasida boshlanadi. Oshqozon osti bezi boshi bi- lan o‘n ikki barmoq ichakning pastki qismi o‘rtasidan o‘tib, ingi- chka ichak ichaktutqichi ichiga kiradi. Undan chiqqan ko‘p son- li tarmoqlar o‘n ikki barmoq ichak va oshqozon osti bezi boshi- ni past ki qismini, och va yonbosh ichakni, ko‘richak va chu- valchangsimon o‘simtani, ko‘tariluvchi va ko‘ndalang chambar ichakni qon bilan ta’minlaydi. Ustki ichak-tutqich arteriyasi tar- moqlari ravoqsimon anastomozlar hosil qiladi va pastki ichak tut- qich arteriyasi bilan qo‘shiladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling