Anatomiya 2014. indd


deb ataladi. 165-rasm. Orqa qovurg‘alararo arteriyalar


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   422
Bog'liq
True

 deb ataladi.
165-rasm. Orqa qovurg‘alararo arteriyalar:
1–orqa miyaning orqa arteriyasi;
2–orqa miyaning oldingi arteriyasi;
3–orqa miya tarmog‘i 4–orqa tarmoq;
5–orqa qovurg‘alararo arteriyalar; 6–aortaning 
ko‘krak qismi; 7–umurtqa tanasiga miya qat-
tiq pardasi tarmog‘i; 8–oldingi ildiz arteriyasi
9–orqa ildiz arteriyasi.


377
Aortaning
ko‘krak qismining visseral tarmoqlari ichki a’zo-
larga boradi. Ular qizilo‘ngach, kekirdak, perikard, bronxlar va 
o‘pka to‘qimasini, shuningdek, orqa ko‘ks oralig‘i biriktiruv-
chi to‘qimasini va unda joylashgan limfa tugunlarini qon bilan 
ta’minlaydi.
Aortaning qorin qismi (pars abdominalis aortae) ko‘krak aor-
tasining bevosita davomi bo‘lib, bel umurtqalari oldida joylashadi. 
Uning o‘ng tomonida pastki kavak vena yotadi. Aortaning qorin 
qismi XII ko‘krak umurtqasi sohasida boshlanadi. IV bel umurt-
qasi sohasida qorin aortasi aorta bifurkatsiyasini hosil qilib ikkita 
umumiy yonbosh arteriyasiga bo‘linadi. Aortaning o‘zi ingichka 
dumg‘azaning o‘rta arteriyasi
 bo‘lib, dumg‘aza suyagining chanoq 
yuzasidan pastga kichik chanoqqa qarab yo‘naladi.
Aortaning qorin qismidan parietal va visseral tarmoqlar chiqadi.
Qorin aortasining parietal tarmoqlariga diafragmaning ostki ar-
teriyasi va bel arteriyalari kiradi. 
1. Diafragmaning ostki arteriyasi juft bo‘lib, diafragmaning 
aorta teshigi sohasida boshlanadi va diafragmaning pastki yuzasini 
qon bilan ta’minlaydi. Undan buyrak usti beziga 24 tagacha buy-
rak usti bezining yuqorigi arteriyalari
 chiqadi. Ular buyrak usti be-
zining yuqori qismini qon bilan ta’minlaydi.
2. Bel arteriyalari (4 juft) orqa qovurg‘alararo arteriyalarga 
parallel yo‘nalib, qorin va orqa mushaklarini, orqa terisini bel so-
hasini va orqa miyani qon bilan ta’minlaydi.
Qorin aortasining visseral tarmoqlari juft va toq tarmoqlarga 
bo‘li nadi.
Qorin aortasining juft visseral tarmoqlariga buyrak usti bezi-
ning o‘r ta arteriyasi, buyrak arteriyasi va moyak (tuxumdon) arte-
riyasi kiradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling