Anatomiya 2014. indd
Kichik qon aylanish doirasi qon tomirlari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta qon aylanish doirasi qon tomirlari
- Aorta Aorta (aorta)
Kichik qon aylanish doirasi qon tomirlari
Kichik (o‘pka) qon aylanish doirasi o‘pka kapillyarlaridagi qon bilan o‘pka alveolalari o‘rtasida gaz almashinuvini ta’minlay- di. Uning tarkibiga o‘ng qorinchadan boshlanuvchi o‘pka poyasi, o‘ng va chap o‘pka arteriyalari tarmoqlari bilan, o‘pkaning mikro- sirkulyator oqimi va ulardan qon yig‘ib chap bo‘lmachaga quyiluv- chi ikkita o‘ng va ikkita chap o‘pka venalari kiradi. Katta qon aylanish doirasi qon tomirlari Katta qon aylanish doirasi qon tomirlariga yurakning chap qorinchasidan boshlanuvchi aorta, undan chiqqan bosh, bo‘yin, tana, qo‘l va oyoq arteriyalari, ulaming tarmoqlari, a’zolarning mikrosirkulator tomirlari, mayda va yirik venalar, o‘ng bo‘lma- chaga quyiluvchi yuqo ri va pastki kavak venalar kiradi. 367 Aorta Aorta (aorta) katta qon aylanish doirasining eng katta toq ar- teriya tomiridir. Unda uch: aortaning ko‘tariluvchi qismi, aorta ravog‘i va aortaning tushuvchi qismi tafovut qilinadi. Aortaning ko‘tariluvchi qismi chap qorinchadan to‘sh suyagi- ning chap chekkasida uchinchi qovurg‘a oralig‘ida chiqadi. Bosh- langan yerida u piyozga o‘xshab kengayib aorta so‘g‘onini ho- sil qiladi. Aortaning ko‘tariluvchi qismini uzunligi 6 sm atrofida. Bu sohada aorta devori bilan yarim oysimon qopqoqlar o‘rtasida aortaning uchta sinusi bo‘ladi. Aortaning ko‘tariluvchi qismining boshlanish joyidan yurakning o‘ng va chap tojsimon arteriyala- ri boshlanadi. Aortaning ko‘tariluvchi qismi o‘pka poyasining or- qa qismidan ko‘tarilib II o‘ng qovurg‘a tog‘ayini to‘sh suyagiga qo‘shilgan joyida aorta ravog‘iga o‘tib ketadi. Aorta ravog‘i II qovurg‘a tog‘ayi orqa yuzasidan chapga va or- qa tomonga yo‘nalib, IV ko‘krak umurtqasi sohasida aortaning tushuvchi qismiga o‘tib ketadi. Aorta ravog‘ining ko‘tarilgan yu- zasidan uchta yirik arteriya: yelka-kalla poyasi, chap umumiy uy- qu arteriyasi va chap o‘mrov osti arteriyasi boshlanadi. Uning bo- tiq yuzasidan kekirdak, bronx va qalqonsimon bezga bir nechta mayda arteriyalar chiqadi. Aortaning tushuvchi qismi IV ko‘krak umurtqasi sohasidan bosh lanib, IV bel umurtqasi sohasida o‘ng va chap umumiy yon- bosh arteriyalariga bo‘linadi. Aortaning davomi esa ingichka dum- g‘azaning o‘rta arteriyasiga aylanib, dumg‘azaning chanoq yuza- sidan pastga tomon yo‘naladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling