Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Gipofiz
Gipofiz (hypophysis) ponasimon suyakdagi turk egarining gi- pofiz chuqurchasida joylashgan. Uning og‘irligi erkaklarda 0,5 g, ayollarda 0,6 g, homiladorlik davrida 1 g gacha yetadi. Gipo- fiz tashqi tomondan g‘ilof bilan o‘ralgan. Gipofiz oldingi, orqa bo‘laklar va oraliq qismdan iborat. Gipofizning oldingi bo‘lagi (lobus anterior) yoki adenogipo- fiz nisbatan katta bo‘lib, gipofiz massasining 70–80 %ini tashkil qiladi. Adenogipo fizda oldingi, o‘rta yoki oraliq va do‘mboq qis- mlar tafovut qilinadi. Gipofizning oldingi bo‘lagi hujayralari boshqa ichki sekretsiya bezlari faoliyatini boshqaruvchi trop gormonlar ishlab chiqaradi. Adrenokortikotrop gormon yoki AKTG buyrak usti bezining dastali hamda to‘r qavati o‘sishini va faoliyatini kuchaytiradi, ste- roid gormonlar sekretsiyasini rag‘batlantiradi. 331 Somatotrop gormon oqsillar sintezini kuchaytiradi va yog‘ning parchalanishini tezlatadi, shuning uchun o‘sish davrida bolalar va o‘smirlarda yog‘ to‘planishi pasayadi. Agar bolalik davrida so- matotrop gormon kam ishlab chiqarilsa – gipofizar karlikizmga, ko‘p ish lab chiqarilsa – gipofizar gigantizmga olib keladi. Agar bu gormon katta yoshdagi odamlarda tana o‘sishi to‘xtagan vaqt- da ko‘payib ketsa, tananing ayrim qismlari: qo‘l, oyoq, til, burun, pastki jag‘ kattalashib, akromelogiya xastaligi paydo bo‘ladi. Bu gormonning gipofunksiyasi katta odamda goho modda almashi- nuvida chuqur o‘zgarishlarga olib keladi. Bunda odam umuman semirishi yoki haddan tashqari ozib ketishi mumkin. Tireotrop gormon qalqonsimon bez follikulasi epiteliyi yeti- lishini boshqaradi va uning gormonlari ajralishini faollashtiradi. Gonadotrop gormon erkaklarda moyaklar o‘sishini va sper- mato ge nez jarayonini kuchaytiradi. Ayollarda organizmning jin- siy taroq qiyoti, ovulyatsiya jarayoni va sut bezlarining o‘sishiga ta’sir qiladi. Gipofizning o‘rta bo‘lagi gormoni melotonin teri pigmenta- tsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Orqa bo‘lak yoki neyrogipofiz tarkibiga оrqa bo‘lak, quyg‘ich, adenogipofiz va gipotalamus o‘rtasida joylashgan o‘rta tepalik ki- radi. Gipofizning orqa bo‘lagi neyroglial hujayralardan, gipotala- musdan neyrogipofizga keluvchi nerv tolalaridan va neyrosekre- tor tanachalardan iborat. Neyrogipofizning gormonlari vasopres- sin yoki antidiuretik gormon (ADG) va oksitotsin gipotalamus- ning supraoptik va paraventrikular o‘zaklarida ishlab chiqarilib, gipotalamo-gipofizar dasta aksonlari orqali neyrogipofizga tusha- di. Vazopressin buyrak naychalarida suvni qayta so‘rilishini ku- chaytirib, antidiuretik ta’sir ko‘rsatadi, natijada siydik ajralishi kamayadi. Bundan tashqari u arteriolalarni toraytirib, arterial bo- simni oshiradi. Oksitotsin bachadon mushaklarining qisqarishini kuchayti- rib, tug‘ish jarayonini tezlatadi. Bundan tashqari u sut bezlarining fao liyatini oshiradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling