Anatomiya 2014. indd


Tireotoksikoz – Bazedov kasalligi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   422
Bog'liq
True

Tireotoksikoz – Bazedov kasalligi. Qalqonsimon bez faoliya-
tining oshib ketishi tireotoksikoz yoki Bazedov kasalligiga olib 


328
keladi. Bu kasallikning asosiy belgilari: asosiy modda almashinuvi 
va nerv qo‘zg‘aluv chanligini oshib ketishi, yurak urishining tez-
lashuvi ekzo ftalm va ozib ketishdir. Bemorning ishtahasi yuqori 
bo‘lib, ko‘p ovqat yesa ham modda almashinuvi kuchli bo‘lgani 
uchun ozib ketaveradi. MNTni qo‘zg‘aluv chanligi oshgani uchun 
odam serjahl, bezovta, yig‘loqi, uyquchi bo‘lib qoladi. Qo‘lla-
ri titraydi – tremor. Yurak urishi tezlashadi – taxikardiya, yurak 
sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. Kayfiyati tez o‘zgaradi, tez char-
chash, kuchli terlash, reflekslar kuchayishi kuzatiladi. Ko‘z yo-
rig‘i, qorachiq kengayadi, ko‘z olmasi, ko‘z kosasidan chiqib, 
ko‘zlari chaqchayib qoladi – ekzoftalm.
Gipotireoz – miksidema. Katta yoshdagi odamlarda qalqonsi-
mon bez faoliyatining pasayishi miksidema kasalligiga olib keladi 
Bunda bemor holdan toladi, bo‘shashgan, uyquchan bo‘lib qoladi, 
fikr yuritishi susayadi, so‘zlashuvi o‘zgargan, karaxt bo‘lib, xoti-
rasi pasayadi. Terisi quruq, sovuq, sochlari sinuvchan, giperkera-
toz, puls susaygan bo‘ladi. Asosiy almashinuv 30–40 % pasayadi
odam kam ovqat yesa ham semirib, mehnat faoliyati pasayadi.
Tug‘ma miksedema – atireoz, homiladorlik davrida ona or-
ganizmiga salbiy ta’sirlar oqibatida qalqonsimon bez gipoglaziyasi 
vujudga keladi. Bunda bola sekin rivojlanadi, bo‘yi pakana, bo‘yni 
juda qisqa, qo‘l-oyoq lari kalta, yuzi shishgan, ma’nosiz qiyofali, 
tili katta va og‘zidan chiqib turadi, telba va ongi past bo‘ladi.
Qalqon oldi bezlari (glandula parathyroidea), odatda, to‘rtta 
(ikkita yuqorigi va ikkita pastki) bo‘lib, qalqonsimon bez bo‘lakla-
ri orqa yuzasida joylashgan yumaloq yoki cho‘zinchoq tanacha-
lardan iborat. Bu bezlar qalqonsimon bezdan rangi bilan (bola-
larda och pushti rang, kattalarda sarg‘imtir jigar rang) ajralib tu-
radi. U tashqi tomondan fibroz kapsula bilan o‘ralgan bo‘lib, un-
dan bez ichiga qatlamlar kiradi. Qalqon oldi bezlari har birining 
uzunligi 4–8 mm, kengligi 3–4 mm, qalinligi 2–3 mm, umu-
miy og‘irligi 0,13–0,36 g bo‘ladi. Bezni hosil qiluvchi hujayra-
lar follikulalar shaklida to‘plangan bo‘lib, ichida kolloid modda-
si bor. Qalqon oldi bezlari qonga kalsiy va fosfor almashinuvini 
boshqaruvchi paratgormon ishlab chiqaradi. Bu gormon nerv va 
mushak tizimini mo‘tadil faoliyati va kalsiyni suyaklarda to‘pla-
nishi uchun kerak bo‘lgan kalsiy miqdorini qonda saqlab turadi. 
Paratgormon kalsiyni siydik bilan ajralishini kamaytirib, uning 
ichakda so‘rilishini D vitamini ishtirokida kuchaytiradi.


329
Odamda qalqon oldi bezi gipofunksiyasida xarakterli belgi-
si tit rash bo‘lgan tetaniya xastaligi kelib chiqadi. Qonda kalsiy 
miq dori kamayib, kaliy miqdori oshishi munosabati bilan qo‘z-
galuvchanlik oshadi. Qonda kalsiy yetishmaganda, u suyakdan 
ajrab chiqadi. Buning natijasida suyaklar yumshab, qo‘l va oyoq 
suyaklari qiyshayib qoladi. Qalqon oldi bezining giperfunksiya-
sida qonda kalsiy miqdori oshadi va uning ortiqchasi aorta, qon 
tomirlar, buyrakda to‘planadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling