Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
145-rasm. Doimiy isit-
ma. Haroratning kes- kin pasayishi. Krupoz pnevmoniyada. 146-rasm. Intermitirk isitma. 322 lida, zotiljamda kuzatiladi. Ertalabki harorat bilan kechki harorat- ning farqi 3–4° tashkil qiladi. 3) intermitirik isitmada – isitmasiz davr bilan isitmali davr al- mashib turadi. Bezgak, sil kasalliklarida uchraydi. 4) qaytalanuvchi isitmada harorat 5–8 kun saqlanib, mo‘tadil holat bilan almashib turadi. Bunday qaytalanuvchi isitma terlama- da uchraydi. Subfebril isitma haroratning bir daraja ko‘tarilishi uzoq muddat davom etadi, sil va surunkali yallig‘lanishlarda uchraydi. Isitmada ichki a’zolar faoliyati buziladi. Nafas tezlashadi, moddalar almashinuvi kuchayadi, yurak urishi tezlashadi – taxi- kardiya, arterial bosim avval ko‘tariladi, keyin esa pasayadi. Asab tizimida – bosh aylanishi, og‘rishi, qayt qilish, gallutsinatsiyalar, alaxsirash, hushdan ketish kuzatiladi. Hazm tizimida – shiralar kamayishi natijasida ishtaha pasayadi, til karash bog‘laydi, quriy- di, ovqat hazm bo‘lishi buziladi, ich qotadi yoki ketib qoladi, gaz to‘planadi – meteorizm paydo bo‘ladi. Siydik ajralishi – kasallik boshida ko‘payadi, keyin esa kamayadi. Bemor davolanib, isitmasi tushgandan keyin a’zolar faoliyati tiklanadi. VITAMINLAR Asosiy oziqa moddalar va mineral tuzlarga ega ovqat ratsio- nining to‘laqonli bo‘lishi uchun vitaminlar (lotincha «vita» – «hayot») ham kerak bo‘ladi. Vitaminlar ikki guruhga: suvda eruy- digan (B guruhi, C, PP, P vitaminlari) va yog‘da eriydigan (A, D, K, E vitaminlari). Vitaminlarni asosan o‘simliklar sintezlaydi. Hayvonlar o‘sim- liklar bilan oziqlanib, vitaminlarni o‘z to‘qima va a’zolarida to‘playdi. Odam uchun vitaminlar manbayi bo‘lib o‘simlik va hayvon mahsulotlari hisob lanadi. B guruh, K va H vitaminla- ri yo‘g‘on ichak mikroflorasi tomonidan sintez qilinadi, shuning uchun ichak mikroflorasini o‘ldiruvchi antibiotik va sulfanilamid preparatlar bilan davolangan vaqtda vitaminlar berish zarurdir. Vitaminlarning ko‘pchiligi fermentlar tarkibiga kirgani uchun organizmdagi modda almashinuvi jarayonlari katalizida ishtirok etadi. Organizmning vitaminlarga ehtiyoji milligramlarda bo‘la- di va ular yetishmaganda modda almashinuvi sezilarli o‘zgaradi. Organizmda vitaminlarni kamayishi gipovitaminozga, yetishmov- 323 chiligi avitaminozga olib keladi. Bunda vitamin yetishmovchiligi- ga xos bo‘lgan kasallik alomatlari namoyon bo‘ladi. Gipo- va avi- taminoz vitaminlar ichakda yetarli miqdorda so‘rilmaganda ham paydo bo‘ladi. Vitaminlarga ehtiyoj organizmning tez o‘sishi, ho- miladorlik davrida ancha ortadi. Bu holat kerak vitamin y oki un- ga boy mahsulot qabul qilinganda tezda yo‘qolib ketadi Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling