Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tana haroratini boshqarish (termoregulyatsiya)
Ovqat ratsioni. Ovqatning miqdori va tarkibi odamning ener-
giya va plastik moddalarga bo‘lgan talabini to‘liq qoplashi va sog‘liqni saq lash, yuqori ish qobiliyatini ta’minlash, bolalarda esa to‘g‘ri o‘sish va taroq qiyotni ta’minlashi kerak. Jismoniy ish bi- lan shug‘ullanmaydigan odamning sutkalik ovqat ratsioniga 91 g oqsil, 103 g yog‘ va 378 g uglevod kirishi kerak. Bularning yig‘in- disi 2800 kkal tashkil etadi. Bundan tashqari ovqat bilan birga mineral tuzlar, vitaminlar va suv kirishi kerak. Tarkibida hayvon va o‘simlik oziqa moddalari bo‘lgan turli xil aralash ovqatlar bi- lan ovqatlanganda, vitaminlar yetarli miqdorda bo‘ladi. Osh tuzi bundan istisno bo‘lib, 5 g y aqin qo‘shish kerak. Jismoniy ish bajarganda energiya va plastik moddalarga bo‘lgan talab oshadi, shuning uchun ovqat tarkibida yog‘lar, uglevodlar oqsillar miqdorini ko‘paytirish kerak. Tarkibida ko‘p miqdorda oqsil (200 g dan ko‘p) yoki yog‘ (150 g dan ko‘p) bir turdagi ovqat bilan ovqatlanish hazm ja- rayonini va modda almashinuvini buzadi. Og‘ir jismoniy ish- da oqsillar ko‘p parchalanadi, shuning uchun uning miqdorini ko‘paytirish zarur. Agar tana og‘irligini kamaytirish kerak bo‘lsa, uglevodlar miqdorini kamaytirish kerak. 318 Tana haroratini boshqarish (termoregulyatsiya) Tirik organizmda beto‘xtov moddalar almashinuvi tufayli doi- mo issiqlik hosil bo‘ladi va shu bilan bir vaqtda tana yuzasidan tashqi muhit ga doimo issiqlik yo‘qotiladi. Shuning uchun tana ha- rorati is siqlik hosil bo‘lishi va yo‘qotish jarayonlarining nisbati- ga bog‘liq. Organizmda issiqlik tananing katta qismini tashkil qiluvchi mu shaklarning qisqarishida hosil bo‘ladi. Faol ish bajarganda is- siqlik hosil bo‘lishi oshadi. Ichki a’zolardan jigarda unda sodir bo‘layot gan moddalar almashinuvi jarayonida nisbatan kuchli is- siqlik hosil bo‘ladi. Issiqlikni yo‘qotish teri, o‘pkalar va oz miqdorda siydik va axlat bilan chiqariladi. Mushaklar va ichki a’zolarda isigan qon teriga oqib keladi va terida sovib oqib ketadi. Teri orqali issiqlik yo‘qotish: 1) o‘tkazish yo‘li bilan (odam o‘tirganida, yotganida) tanaga tegib turgan havo, suv yoki buyum- lar harorati teri haroratidan past bo‘lganida issiqlik yo‘qotiladi; 2) nurlanish yo‘li bilan atrofdagi havo harorati tana haroratidan past bo‘l ganida kuzatiladi. Bunda tana boshqa issiq jismlar ka- bi uzun to‘lqinli infraqizil nurlar tarqatadi; 3) teri yuzasidan suv va terni bug‘lanishi yo‘li bilan 1 ml suv ni bug‘lanishi 0,58 kkal issiqlik yo‘qotish orqali o‘tadi. O‘pkada chiqarilayotgan havoni isishi va alveolalar yuzasidan suvni bug‘lanishi ro‘y beradi. Tana haroratini doimiyligi nerv va gumoral yo‘l bilan bosh- qariladi. Terida termoretseptorlar – atrofdagi havo haroratini o‘zgarishini sezuvchi sovuqlik va issiqlik retseptorlari bor. Tash qi muhit haroratini pasayishi, sovuqlik retseptorlaridan nerv impuls- lari oraliq miyada joylashgan issiq lik markaziga, undan harakat- lantiruvchi nerv lar orqali mushaklarga boradi. Mushaklar tonusi oshadi yoki «mu shak titrashi» hosil bo‘lib, moddalar almashinu- vini va issiqlik hosil bo‘lishini oshiradi. Bu bilan bir vaqt da teri- ning qon tomirlari torayib, issiq lik yo‘qotish kamayadi. Atrofdagi harorat ko‘tarilganda, modda almashinuvi pasaya- di va terining qon tomirlari kengayib issiqlik yo‘qotish kuchaya- di. Bu kamlik qilsa, teri yuzasidan ter chiqishi va suv bug‘lanishi kuzatiladi. Tashqi muhit harorati o‘zgarganida, reflektor ravish- da ichki sekre tsiya bezlaridan qalqonsimon, buyrak usti va osh- qozon osti bezlarining fao liyati o‘zgaradi. Ularning gormonlari 319 oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi. Gipofiz qalqonsimon bez gormoni sekretsiyasini tormozlab, modda almashinuvini va tana haroratini pasaytiradi. Odamning, odatda, qo‘ltiq ostida o‘lchanadigan tana haro- rati o‘r tacha 36,6 °C (36 dan 37 °C gacha). Emizikli bolalarda tana haroratini to‘g‘ ri ichakda o‘lchanadi, u yerda u biroz yu- qori (36,5–37,5 °C). Sutka davo mida tana harorati 1° atrofida o‘zgarishi mumkin. Bu holat moddalar almashinuvining tezligi- ga bog‘liq. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling