Anatomiya 2014. indd


Suv va mineral tuzlar almashinuvi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   422
Bog'liq
True

Suv va mineral tuzlar almashinuvi
Odamning tanasini 2/3 qismi suvdan tashkil topgan. Suv hu-
jayraning tarkibiy qismi bo‘lib, hujayralararo suyuqlikda bo‘ladi, 
qon va limfaning suyuq asosini hosil qiladi. Suv, asosan, tash qi 
muhitdan ichimlik va ovqat bilan kiradi, shuningdek, oz miqdor-
da oziqa moddalar oksidlanganda hosil bo‘ladi. Organizmdan 
suv asosan buyraklar (1,5 l), o‘pkalar (500 ml) orqali, shunin-
gdek, teri yuzasidan (500 ml) bug‘lanadi. Organizmga har doim 
kirib turgan suv organizmni suyuq muhiti tarkibini yangilab tu-
radi. Uzoq vaqt och qolish, organizmga yetarli miqdorda suv va 
mineral tuzlar kirib turganidagina mumkin. Organizmda suvning 
miqdori doimiy saq lanib turadi, chunki suv organizmda bo‘lgan 
ko‘p moddalar uchun erituv chi hisoblanadi, unda barcha fizik 
va kimyoviy reaksiyalar o‘tadi. Suv moddalarni tashish da asosiy 
rol o‘ynaydi.
Mineral moddalar organizmga ovqat va suv bilan kiradi. 
Orga nizmning turli xil mineral tuzlarga talabi bir xil emas. Ma-
salan: sutkada 10 g gacha osh tuzi (natriy xlorid), 1 g kaliy, 0,3 g 
magniy, 1,5 g fosfor, 0,8 g kalsiy, 0,012 g temir, 0,001 g mis, 
0,0003 g marganes va 0,00003 g yod talab qilinadi. Turli to‘qi-
ma va a’zolarda tuzlar bir xil tarqalmagan; nat riy tuzlari plazma 
va hujayralararo suyuqlikda ko‘p bo‘lsa; kaliy tuzlari hujayralar-
da organizmning suyuq muhitiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Kalsiy va 


313
fosfor suyaklarda katta miqdorda bo‘lsa, mis va temir gemogla-
binda, yod esa qalqonsimon bez gormoni tarkibida bo‘ladi. Osh 
tuziga talabning kattaligiga sabab, uning eritmasi osmatik bosim-
ni hosil qilish va saqlab turishda asosiy rolni o‘ynaydi. Orga-
nizmda qon va boshqa suyuqliklarida 1 % tuzlar bo‘lsa, uning 
0,9 %ni osh tuzi tashkil qiladi. Tuzlar hazm a’zolari shirasi tar-
kibini asosiy qismini tashkil qiladi va qonga qayta so‘riladi. Osh 
tuzini bosh qarishda asosiy rolni buyraklar o‘ynaydi. Osh tuziga 
sutkalik talab uning sarfi bilan aniqlanadi. Natriy, kalsiy, kaliy, 
xlor ionlari qo‘zg‘alish va tormozlanish, mushak qisqarishi, qon-
ning ivishi jarayonlarida ahamiyati katta.
Talab juda kam bo‘lgan elementlar mikroelementlar deb atala-
di. Ularga kobalt, rux, ftor va boshqalar kiradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling