Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biriktiruvchi to‘qimaning gialinozi
- Biriktiruvchi to‘qimaning mahalliy gialinozi
Gidrofik distrofiya oqsil va suv almashinuvining buzilishi tu-
fayli yuzaga keladi. U turli intoksikatsiyalar, infeksion kasal- liklar, a’zolar (teri, buyrak) shishishida kuzatiladi. Hujayra pro- toplazmasida onkotik bosim ning o‘zgarishi tufayli suv tutuvchi vakuolalar paydo bo‘ladi. Jarayon orqaga qaytishi mumkin, ammo ko‘pincha, hujayralarning halokati bilan tugaydi. Gialinoz yoki gialinli distrofiya biriktiruvchi to‘qimada va tomirlar devorida uchraydi. Bu distrofiyaning nomi unda oraliq moddada yarim tiniq juda zich, ko‘rinishi gialin to‘g‘ayiga o‘x- shash gomogen massasining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Gialinoz termini bilan aslida bir turdagi o‘zgarishlarga olib ke luvchi bir qancha har xil jarayonlarni birlashtiradilar. Biriktiruvchi to‘qimaning gialinozi fibrinoid bo‘kishning, ya’ni kollagen tolalarning parchalanishi yuz berib, oqsilli massa gomogen zich massaga qo‘shilib ketishning natijasi bo‘lishi mum- kin. Bunday tarqalgan jarayon kollagen kasalliklarda uchraydi. Biriktiruvchi to‘qimaning mahalliy gialinozi yallig‘lanishdan so‘ng rivojlanuvchi chandiqlarda, fibroz bitishmalarda, o‘sma- lar stromasida kuzatiladi. Gialinoz natijasida tomirlar devorining tarkibi buziladi, tomirlar qattiq devorli va bo‘shlig‘i o‘ta to‘lib qolgan naylarga aylanadi va qisqaruvchanlik qobiliyatini yo‘qota- di. Tomirlarning bunday o‘zgarishlari qon aylanishiga ta’sir qila- di va ko‘pincha, qon aylanishining og‘ir buzilishiga olib keladi. Amiloidoz yoki amiloidli distrofiya, oqsil almashinuvining chuqur buzilishiga bog‘liq. Amiloidozda a’zolarning hujayrala- raro moddasida ko‘rinishi gialin tog‘ayni eslatuvchi, ammo un- 308 dan o‘z kimyoviy tarkibi bilan farqlanuvchi qattiq oqsil massalari- ning progressiv ravishda to‘planishi kuzatiladi. Bundan yuz yil ol- din Birxov distrofiyaning bu turini kuzata turib unda amiloidning kraxmal kabi yog‘ va sulfat kislota ta’sirida ko‘k rangga bo‘yalishi asosida amiloidoz deb nom bergan. Bu reaksiyadan patologoanatomlar amilidozni aniqlash uchun mur dani yorish paytida foydalanadilar. Amiloidning to‘planishi, odat da, mayda qon tomirlar va kapillyarlarning devorida, re- tikulyar tolalarning yo‘nalishi bo‘ylab, retikulyar to‘qimada, bez- li a’zolarda epitelial hujayralarning ostida kuzatiladi. Amiloid- ning to‘planishi natijasida a’zoning parenximasi asta-sekin ezi- ladi va yo‘qoladi. Ayniqsa, buyrak va jigar amiloidozi xavflidir, chunki u, ko‘pincha maz kur a’zo faoliyatining buzilishiga va be- morni o‘limiga olib keladi. Amilo id ko‘p to‘planganda, a’zo qat- tiq va sinuvchan, uning to‘qimasi esa qonsizlangan bo‘ladi. Kes- mada bunday a’zolar o‘ziga xos mumsimon yoki yog‘ ko‘rinishi- ga ega bo‘ladi. Umumiy amiloidozning oqibati yomon hisobla- nadi. Ammo eksperimental ma’lumotlar, shuningdek, klinik va patologoanatomik kuzatishlar amiloidozni keltirib chiqargan sa- bablar batamom bartaraf qilinganida va amiloidoz yuqori dara- jaga yetmaganida amiloid massalarining erib ketishi mumkinligi- ni ko‘rsatadi. Shuning uchun ham amiloidozni keltirib chiqargan sabab ni aniqlash uni bartaraf qilish zarur. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling