Anatomiya 2014. indd
Oqsillar almashinuvining buzilishi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Oqsillar almashinuvining buzilishi
Oqsillar almashinuvida miqdoriy o‘zgarishlar haqida azot ba- lansini o‘rganib, bir xulosaga kelish mumkin. Buning uchun tar- kibida azot tutgan moddalarning ovqat bilan organizmga kirgan va orga nizmdan chiqqan miqdorini solishtiradilar. Azot muvozanati kiritilgan va chiqarilgan azotning miqdori bir xil bo‘lganda qo‘yiladi. Ko‘p kasalliklarda, ayniqsa, isitmali kasal liklarda modda almashinuvi keskin ortadi, oksidlanish ja- rayoni kuchayadi. Oqsillar almashinuvining so‘ngi mahsulotlari ajralishi ko‘payadi, azot balansi manfiy bo‘lib qoladi. Siydikda azot tutuvchi modda larning analizi shuni ko‘rsatadiki, isitma- da oqsillarning odat dagi parchalanishidan tashqari hujayra yad- rosi tarkibidagi murak kab oqsillarning parchalanishi ham ku- zatiladi. Bunda siydik kislotasi va kreatinning ko‘plab ajralishi guvoh lik beradi. Isitma bilan o‘tadigan kasallikdan so‘ng orga- 306 nizm yo‘qotilgan azotning o‘rnini to‘ldirishga intiladi va uning ajralishi vaqtincha kamayadi. Qisqa muddat da musbat azot ba- lansi ko‘payadi. Manfiy azot balansi doimo qon yo‘qotishlar- dan so‘ng, kuyish lardan, xavfli o‘smalar va zaharlanishlarda kuzatiladi. Oqsillar almashinuvi buzilishining xarakteri haqida qondagi azotli moddalarning tarkibiga qarab ham xulosa chiqaradilar. Bu- ning uchun qonning oqsillarga taalluqli bo‘lmagan moddalarida azot miq dorini – qonning qoldiq azotini aniqlaydilar. Oqsillarni cho‘ktiruvchilar bilan cho‘ktiradilar. Qoldiq azotni asosiy miqdo- rini siydikchil tashkil qiladi. Qoldiq azot beruvchi moddalar qatoriga siydikchildan tash- qari siydik kislotasi, kreatinin va boshqa oqsil parchalanishining mah sulotlari kira di. Oqsillar almashinuvi buzilishining xarakte- rini o‘rganish ga qondagi oqsillarning har xil turlarini aniqlash ham yordam beradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling