Anatomiya 2014. indd


MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   422
Bog'liq
True

MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI
Modda almashinuvi tirik organizmning asosiy xususiyatidir. 
Orga nizmning sarfini to‘ldirish, tana massasini saqlash va o‘sish 
ehtiyojla rini qondirish uchun unga tashqi muhitdan doimo oqsil, 
yog‘, ug levod lar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv tushib turishi 
kerak. Organizmda bu moddalar kimyoviy parchalanadi va hujay-
ralarning tarkibiy qismiga kiradi. Moddalarning hujayralar tomo-
nidan o‘zlashtirilishi, oddiyroq kimyoviy moddalardan murakkab 
kimyoviy birikmalar hosil bo‘lishi, organizmda tirik protoplazma 
sintezining maj muasi assimilyatsiya deyiladi. Bu bilan bir qatorda 
hujayralar tarkibiga ki radigan moddalarning parchalani shi – dis-
similyatsiya jarayoni ro‘y be radi. Bunda parchalanishining oxirgi 
moddalari – CO
2
, H
2
O va NH
2
hosil bo‘lib, organizmdan chiqa-
rib yuboriladi. Assimilyatsiya va dis similyatsiya jarayonlari birga-
likda moddalar almashinuvi deyiladi.
Energiya almashinuvi
Oqsil, yog‘ va uglevodlarning dissimilyatsiya jarayonida orga-
nizm ning yashashi uchun kerak bo‘lgan energiya ajraladi. Bun-
da murakkab organik birikmalarning potensial energiyasi kinetik 
energiyaning issiq lik va mexanik turlariga aylanadi. Moddalarning 
parchalanishi kislorod vositasida oksidlanish yo‘li bilan ketadi. 
Oksidlangan vaqt da organizm da 1 g yog‘dan 9,3 kkal issiqlik; 1 g 
uglevoddan 4,1 kkal; 1 g oqsildan 4,1 kkal ener giya ajraladi. Orga-
nizmda 1 g moddani oksidlanganda hosil bo‘lgan issiq lik, yonish 
issiqligi deyiladi. Ajralgan energiyaning bir qismi charchagan hu-
jayra va to‘qimalarni tiklanishiga va yangi hujayra va to‘qimalarni 
qurilishiga ishlatil sa; boshqa qismi a’zolar va to‘qimalarni faoliyat 
jarayonida (mushak larning qisqarishi, nerv impulslarini o‘tkazish 
va bosh qalar) ishlatiladi. Kumyoviy energiyani katta qismi issiqlik-
ka aylanib, tananing doimiy haroratini saqlab turadi.


303

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling