Anatomiya 2014. indd
-rasm. Ayollarning tashqi jinsiy a’zolari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
143-rasm. Ayollarning tashqi jinsiy a’zolari:
1–qov do‘ngi; 2–lablarning oldingi bitishmasi; 3–klitor kertmagi; 4–klitor boshchasi; 5–katta jin- siy lab; 6–qizlik parda; 7–jinsiy lablarning yugan- chasi; 8–lablarning orqa bitishmasi; 9–orqa peshov; 10–oraliq; 11–qin dahlizi chuqurchasi; 12–qinning kirish teshigi; 13–qin dahlizi; 14–siydik chiqarish nayining tashqi teshigi; 15–klitor yuganchasi. 299 Dahlizning kichik bezlari qin dahlizi devorida joylashib, nay- chalari shu yerga ochiladi. Dahliz so‘g‘oni biriktiruvchi to‘qima va silliq mushak dasta- lari bilan o‘ralgan vena chigallaridan iborat. U taqasimon shakl- da klitor bilan siydik chiqarish nayning tashqi teshigi o‘rtasida joylashgan. Tashqi tomondan uni so‘g‘on-g‘ovak tana mushagi tolalari yopib turadi. Klitor erlik olati g‘ovak tanasiga o‘xshagan juft g‘ovak ta- nadan iborat. Uning silindrsimon oyoqchasi qov suyagi pastki shoxi suyak pardasiga birikadi. Qov simfizining pastki qismi os- tida oyoqchalar o‘zaro birikib, klitor tanasini hosil qiladi. Klitor tanasining uzunligi 2,5–3,5 sm bo‘ladi. U tashqi tomondan oqliq parda bilan o‘ralib, klitor boshi bo‘lib tugaydi. G‘ovakli tanalar o‘zaro to‘siq bilan ajralgan. Klitorning g‘o- vakli tanasi xuddi erlik olati g‘ovakli tanasiga o‘xshash mayda ka- takchalari bo‘lgan g‘ovakli to‘qimadan iborat. Klitor yuqoridan klitor kertmagi bilan chegaralansa, pastda klitor yuganchasi bo‘la- di. Klitorning boshidan tashqari qismi fassiya bilan o‘ralib, klitor- ni osiltirib turuv chi boylam vositasida mustahkamlanib turadi. Ayollarning siydik chiqarish nayi (uretra feminina) uzunligi 2,5–3,5 sm; kengligi 8–12 mm bo‘lgan biroz bukilgan nay shakli- da. U qovuq devoridan siydik chiqarish nayining ichki teshigi bi- lan bosh lanib, qin teshigidan yuqoriroqda siydik chiqarish nayi- ning tashqi teshigi bilan ochiladi. Ayollar siydik chiqarish nayi devori shilliq parda va mu shakli qavatlardan iborat. Shilliq par- dada bo‘ylama burmalar va bezlar bor. Mushakli qavati ich- ki bo‘ylama va tashqi halqasimon qavatdan iborat. Ayollar siy- dik chiqarish nayi siydik-tanosil to‘sig‘idan o‘tgan joyda siydik chiqarish nayining ixtiyoriy sfinkterini hosil qiluv chi mushak to- lalari bilan o‘ralgan bo‘ladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling