Anatomiya 2014. indd
Bachadonni tug‘ruqdan keyingi infeksiyasi – endometrit
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Bachadonni tug‘ruqdan keyingi infeksiyasi – endometrit.
Abort yoki tug‘ruqdan keyin bachadon ichki yuzasi jarohat ol- gan ko‘rinish da bo‘ladi, unga juda tez infeksiya tushadi. Bacha- don ichiga infeksiya tashqaridan qo‘l bilan tekshirilganda, ins- trumentlar orqali, ba’zan qindan ham kirishi mumkin. Endome- trit yallig‘lanish, chirish va septik ko‘rinishida uchraydi. Chirish endometrit bachadon ichida plasenta va tuxum parda qol diq larini chirishidan kelib chiqadi. Septik endometrit difterik yoki yiringli yallig‘lanish ko‘ri- nishida kechadi. Bunda bachadon ichida juda ko‘p streptoko- kklar topiladi. Septik endometrit sepsisga olib keladi. Qin (vagina) kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashib, bachadon- dan jinsiy yoriqqacha cho‘zilgan naysimon toq a’zo (141-, 142- rasm). Uning uzunligi 8–10 sm, devorining qalinligi 3 mm. Qin 297 biroz orqaga bukilgan bo‘lib, ikki: oldingi va orqa devori tafovut qilinadi. Qin oldingi devorining yuqori qismi qovuq tubiga te- gib tursa, pastki qismi ayollar siydik chiqarish nayi devoriga biri- kib ketgan. Orqa devorining yuqori qismi qorinparda bilan qop- lansa, pastki qismi to‘g‘ri ichakning oldingi devoriga tegib tu- radi. Qin devorlari, odatda, bir-biriga tegib turadi. Ular bacha- don bo‘ynining qin qismini o‘rab olib, uning atrofida tor y oriq qin gumbazini hosil qiladi. Qinning orqa devori uzun bo‘lga- ni uchun gumbazning orqa qismi oldingi qismidan chuqurroq bo‘ladi. Qinning pastki uchi qin dahliziga qin teshigi bilan ochi- ladi. U qizlik pardasi bilan bekilgan. Qizlik pardasi qin dahlizi- ni, qin bo‘shlig‘idan ajratib turadi. U yarim oysimon y oki ilma- teshik plastinka shaklida bo‘ladi. Ba’zida qizlik pardasida teshik bo‘lmasligi mumkin. Qizlik pardasi yirtilganidan so‘ng, uning qoldiqla ri – qizlik pardasining etchasi hosil bo‘ladi. Qin devori uch: tashqi adventitsial qavat yumshoq biriktiruv- chi to‘qima, elastik va silliq mushak tolalaridan iborat. O‘rta mushakli qavat bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishga ega mushak tutamlaridan iborat. Qinning yuqori qismida mushak qavat ba- chadon mushak qavatiga o‘tib ketsa, pastki qismida mushak qa- vati nisbatan kuchli rivojlangan bo‘lib, oraliq mushaklari bilan qo‘shilib ketadi. Qinning pastki uchini va siydik chiqaruv kanali- ni o‘ragan ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalari o‘ziga xos qisqichni hosil qiladi. Ichki shilliq parda shilliq osti tana bo‘lmagani uchun mushak qavatga birikib ketgan. U nisbatan qalin (2 mm) bo‘lib, qin burmalarini hosil qiladi. Qinning oldingi va orqa devorida o‘rta chiziqqa yaqin qin burmalari baland lashib burmalarning us- tunchalarini hosil qiladi. Qinning oldingi devorida joylash gan ol- dingi burmalarning ustunchalari orqa devordagi ustunchalarga nisbatan yaxshi bilinadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling