Anatomiya 2014. indd


ichaklarga qaragan orqa yuza- sidan


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   422
Bog'liq
True

 ichaklarga qaragan orqa yuza-
sidan
 o‘ng va chap bachadon chekkalari bilan ajrab turadi. Katta 
yosh dagi ayollar bachadonining o‘rtacha uzunligi 7–8 sm, kengli-
gi 4 sm, qalinligi 2–3 sm.
Bachadon devori uch qavatdan iborat. Tashqi seroz parda
 yo-
ki perimetriy
 bachadon bo‘ynining qin usti qismidan yuqorisini 
qop lagan qorinparda. Bachadonning bo‘yin sohasida qorinparda 
ostida seroz osti asosni hosil qiluvchi bo‘sh biriktiruvchi to‘qima-
bo‘yin qismi atrofidagi kletchatka
 joylashgan. O‘rta mushakli qa-
vat
 yoki mio metriy eng qalin qavat hisoblanadi. U bir-biri bilan 
kesishib joy lash gan silliq mushak to‘qimasi va elastik tolalarga 
boy biriktiruv chi to‘qi madan iborat. Mu shak dastalarining yo‘na-
lishiga qarab unda uch: tashqi bo‘ylama, o‘rta halqasimon va ich-
ki bo‘ylama qavat lar tafovut qilinadi. Uning o‘rta qavati nisba-
tan qalin bo‘lib, qon va limfa tomirlariga boy. Bu qavat bacha-
don bo‘yni sohasida yaxshi rivojlangan.
Ichki shilliq parda
 yoki endometriyning qalinligi 3 mm bo‘lib, 
uning yuzasi bachadon bo‘shlig‘ida silliq bo‘ladi. Bo‘yin kanali-
da esa bitta bo‘ylama burma va undan ikki tomonga o‘tkir bur-
chak ostida yo‘nalgan palmasimon burmalar
bor. Bu burmalar 
bachadon bo‘ynining oldingi va orqa devorida joylashib, bir-bi-
riga tegib turadi. Bachadonning shilliq pardasi bir qavatli priz-
matik epiteliy bilan qoplangan. Unda oddiy naysimon bachadon 
bezlari
 bor.
Bachadon devori qalin bo‘lib, tor uchburchak shaklidagi ba-
chadon bo‘shlig‘ini chegaralab turadi. Uchburchakning asosi ba-
chadon tubi ga qaragan bo‘ladi. Uning burchaklari torayib, ba-
chadon nayining bacha don teshigi ochiladigan quyg‘ichsimon 
botiqlik hosil qiladi. Bachadon bo‘shlig‘ining uchi esa pastga ba-
chadon bo‘yniga qaragan bachadon bo‘yni kanaliga
 o‘tib ketadi 
va qinga bachadon teshigi bo‘lib ochiladi.
Bachadon kichik chanoq bo‘shlig‘ida erkin joylashib, ol-
dinga qovuq ustiga engashib turadi. Bu holat antiversiya deyi-
ladi. Bu holatda bachadon tanasi bo‘yni bilan oldinga ochilgan 


295
burchak antiflexiya hosil qiladi. Goho bachadon orqaga qarab 
egilgan holatda (retroversiya, retroflexiya) bo‘ladi.
Qorinparda bachadon bo‘ynini qin qismidan tashqari qism-
lari ni har tomondan o‘raydi. Bachadonning siydik qopchasiga 
qaragan yuzasidan qorinparda qovuq-bachadon chuqurchasini
 
hosil qilib qovuqqa o‘tadi. Bachadonning ichakka qaragan yuza-
sini qoplagan qorinparda qinning orqa devoriga borib to‘g‘ri 
ichakning oldingi devoriga to‘g‘ri ichak-bachadon chuqurchasi-
ni (duglas chuqurchasi) hosil qilib o‘tadi. Bachadonning chek-
kalarida uning oldingi va orqa yuzalarini qoplagan qorinparda 
o‘zaro birikib, bachadonning keng boylamini
hosil qiladi. Ba-
chadonning keng boylami kichik chanoq yon devoriga yo‘na-
lib, parietal qorinpardaga o‘tib ketadi. Bachadon ning yumaloq 
boylami bachadonning yuqori burchagidan boshlanib, y umaloq 
tizimcha shaklida bachadonning keng boylami varaqlari ichi-
da chov kanalining ichki teshigiga yo‘naladi. U chov kanalidan 
o‘tib, qov do‘ngi biriktiruvchi to‘qimasiga va katta jinsiy lablar-
ga chati shib ketadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling