qisqarganida siydik bilan urug‘
suyuqligini qo‘shilib ketishdan saq lab turadi.
3. Parda qismi
prostata bezi uchi bilan erlik olati so‘g‘oni o‘r-
tasida joylashgan bo‘lib, qisqa (1,5 sm) va tor qismi hisoblanadi.
Siydik chiqarish nayining parda qismi siydik-tanosil to‘sig‘idan
o‘tgan joyda siydik chiqaruv nayining tashqi sfinktorini hosil qi-
luvchi ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalari bilan o‘ralgan.
4. To‘rlangan qismi
uzunligi 12 sm ga yaqin bo‘lib, erlik
ola tining to‘rlangan tanasi ichida joylashgan. Erkaklarning siy-
dik chiqarish nayi erlik olati boshchasi qismida kengayib, siy-
dik chiqarish yo‘lining qayiqsimon chuqurchasini hosil qiladi.
Erkaklarning siydik chiqarish nayi S simon bukilgan bo‘lib uch
joyda: ichki teshik sohasida, siydik-tanosil to‘siqdan o‘tgan yer-
da va tashqi teshigi sohasida toraygan bo‘ladi. Siydik chiqarish
nayining ichki yuzasida shilliq qavat
bo‘lib, unda siydik chiqarish
nayining bezlari bor. Uning ostida bo‘ylama mushak tolalaridan
tash kil topgan mushakli qavat joylashadi.
Ayollarning jinsiy a’zolari
Ayollarning jinsiy a’zolari ikki guruhga bo‘linadi. Ichki jinsiy
a’zolarga kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan tuxumdon, bacha-
don, bachadon nayi va qin kiradi. Tashqi jinsiy a’zolar ayollarning
jinsiy a’zolari sohasini tashkil qiluvchi qov do‘ngi, katta va kichik
jinsiy lablar, qin dahlizi va klitor kiradi.
Ayollarning ichki jinsiy a’zolari
Tuxumdon (ovarium) juft ayollar jinsiy bezi (142-rasm). Un-
da ayollar jinsiy hujayralari (tuxum hujayra) rivojlanib yetiladi
va jinsiy gormonlar ishlab chiqariladi. Tuxumdon kichik chanoq
bo‘shlig‘ida joylashib, cho‘zinchoq shaklda, oldindan orqaga qa-
rab biroz yassilash gan. U och pushti rangli, tuqqan ayollarda usti
g‘adir-budir bo‘ladi. Balog‘atga yetgan ayollarda tuxum donning
uzunligi o‘rtacha 2,5 sm; kengligi 1,5 sm; qalinligi 1 sm; og‘ir-
ligi 5–8 g. Unda medial
Do'stlaringiz bilan baham: |