tafovut qi-
linadi. Olat boshchasi cho‘qqisida erkak larning siydik chiqarish
nayini tashqi teshigi
joylashgan. Teri burmasining ichki yuzasi va
olatning boshi olat tanasi terisidan farq qiluvchi yupqa, nozik te-
ri bilan qoplangan.
Erlik olati ustida yonma-yon joylashgan juft erlik olati-
ning g‘o vakli tanasi va ularning ostida yotgan toq erlik olatining
to‘rlangan ta nasidan iborat. Erlik olatining g‘ovakli tanasining har
biri silind r shaklida bo‘lib, orqa uchlari o‘tkirlashib, erlik olati
oyoqchalari ni
hosil qilib, qov suyaklarining pastki shoxlariga bi-
rikadi. Ularni ust tomondan oqliq parda
o‘ragan bo‘lib, bu parda
ularning o‘rtasida er lik olatining to‘sig‘ini hosil qiladi. Erlik ola-
tining to‘rlangan tanasi orqa tomonda kengayib, erlik olatining
so‘g‘onini
hosil qilsa, oldingi uchi qalinlashib, olat boshini hosil
qiladi. U tashqi tomondan oqliq parda bilan o‘ralib ichidan siydik
chiqaruv nayi o‘tadi.
Erlik olatining govakli va to‘rlangan tanalari endoteliy bilan
qop langan ko‘pgina bo‘shliqlardan iborat bo‘lib, qon bilan to‘l-
ganida ular kengayib, erlik olati tanasi shishib qattiqlashadi (er-
lik olati ereksiyasi).
Fimoz. Erlik olati kertmagi teshigining to‘qima o‘sishi yoki
chandiq hisobiga torayishi oqibatida siyishning qiyinlashishi fi-
moz deyiladi. Bu olat boshchasining ochilishiga to‘sqinlik qiladi.
Fimoz bolalarda ko‘p uchraydi va tug‘ma xarakterda bo‘ladi. Kat-
talarda fimoz kertmak jarohatidan yoki yallig‘lanish (ko‘pincha,
so‘zak)dan keyin yuzaga keladi. Olat boshchasi va kertmagi qiza-
rib ketadi, siyish qiyinlashadi va qattiq og‘riq paydo bo‘ladi.
Yorg‘oq (scrotum) erlik olati ildizining orqasida va ostida yo-
tadi. U ikki alohida bo‘limdan iborat bo‘lib, ularda moyak va
moyak ortig‘i joylashadi. Yorg‘oqning o‘rta chizig‘ida erlik ola-
tining pastki yuza sidan tash qi teshikkacha boruvchi yorg‘oqning
choki o‘tadi.
Yorg‘oq pardalari qorin devorini turli qavatlaridan hosil bo‘-
ladi.
1. Yorg‘oq terisi tananing boshqa qismlari terisiga nisbatan
289
Do'stlaringiz bilan baham: |