Anatomiya 2014. indd
Ayollarning tashqi jinsiy a’zolari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Ayollarning tashqi jinsiy a’zolari
Ayollarning tashqi jinsiy a’zolariga ayollar jinsiy a’zolari sohasi va klitor kiradi (143-rasm). Ayollarning jinsiy a’zolari sohasiga qov do‘ngi, katta va kichik jinsiy lablar hamda qin dahlizi kiradi. Qov do‘ngi qorin sohasidan qov egati, sondan esa chanoq- son egati bilan ajrab turadi. U tuklar bilan qoplangan va teri os- 298 ti yog‘ kletchatkasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Katta jinsiy lablar juft yumaloq teri burma shaklida bo‘lib, uning uzunligi 7–8 sm, kengligi 2–3 sm bo‘ladi. Ular jinsiy tirqishni yon tomondan che- garalab turadi. Katta jinsiy lablar old tomondan lablarning keng oldingi bitishmasini, orqa tomondan lablar ning orqa bitishmani hosil qilib birikadi. Katta lablarning ichki yuzasi push ti rangda bo‘lib, bir-biriga qaragan. Katta jinsiy lablar terisining pig menti ko‘p bo‘lib, ko‘plab yog‘ va ter bezlari bo‘ladi. Kichik jinsiy lablar juft, yupqa bo‘ylama teri burma shaklida bo‘lib, ular katta lablar ichida joylashib, qin dahlizini chegara- lab turadi. Kichik jinsiy lablar tarkibida elastik va mushak tolalari ko‘p bo‘lgan biriktiruv chi to‘qimadan tuzilgan. Kichik jinsiy lab- lar terisida yog‘ bezlari bo‘lib, oldingi chekkalari yupqalashgan va erkin. Ular ning orqa uchlari o‘zaro birikib, ko‘ndalang bur- ma – jinsiy lab larning yuganchasini hosil qilib, qin dahlizi chu- qurchasini o‘rab turadi. Kichik jinsiy lablarning yuqori uchlari ikki burmaga (oyoqchaga) bo‘linib, klitorga qarab yo‘naladi. La- teral oyoqchalar klitorni yon tomonidan aylanib o‘tadi va uni us- tida o‘zaro birikib klitor kertmagini hosil qiladi. Medial oyoq- chalar klitor ostida birikib, klitor yuganchasini hosil qiladi. Qin dahlizi qayiqsimon chuqurlik, yon tomondan kichik jin- siy lablar, pastdan qin dahlizi chuqurchasi, yuqoridan klitor bi- lan chegaralanadi. Uning tubida qin teshigi, siydik chiqarish ka- nalining tashqi teshigi, katta va kichik dahliz bezlarining naycha- lari ochiladi. Dahlizning katta bezi juft, ovalsimon bo‘lib, kattaligi no‘xat- dek alveolyar naysimon bez bo‘ladi. Ular kichik jinsiy lablar aso- sida joylashib, naychasi kichik jinsiy lablar asosiga ochiladi. Bez qinning kirish qismini namlab turuvchi shil- liq suyuqlik ishlab chiqaradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling