Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   422
Bog'liq
True

Uglevod almashinuvi
Uglevodlar oddiy va murakkabga bo‘linadi. Oddiy uglevodlar 
(mono saxaridlar) – glukoza, fruktoza, galaktoza suvda tez eriy-
di va ichakdan qonga so‘riladi. Murakkab uglevodlar, polisaxarid-
lar – krax mal, glikogen va disaxaridlar – sut, lavlagi, trostnik va 
boshqa qand moddalar ham ovqat bilan kirib, hazm traktida oddiy 
monosaxa ridlarga parchalangandan keyin ichakdan qonga so‘riladi. 
Organizmga uglevodlar, asosan, o‘simlik mahsulotlari (non, 
sabzavot va mevalar) orqali kiradi. Uglevodlarni ko‘p iste’mol qil-
ganda, ular yog‘ga aylanadi va teri osti yog‘ kletchatkasi, charvi va 
boshqa joylarda to‘planadi. 
Ichakda so‘rilgan monosaxaridlar darvoza venasi qoni bilan ji-
garga keladi. Bu yerda ularning bir qismi glikogenga aylanib, ske-
let mu shaklarida to‘planadi. Organizmda zaxira holida 350 g ga-


309
cha glikogen bo‘ladi. Agar qondagi qandning miqdori kamaysa, ji-
garda glikogen parchalanib qonga o‘tadi. Glikogenni hosil bo‘lish 
va to‘planish jarayoni oshqozon osti bezi gormoni insulin bilan 
boshqariladi. Glikogenni parchalanish jarayoni oshqozon osti be-
zining ikkinchi gormoni glikogon ta’siri ostida bo‘ladi. Oshqozon 
osti bezi kasalliklarida glikogen hosil bo‘lishi kamayadi, natijada 
qonda qand ko‘payib, uning ko‘p qismi siydik bilan chiqariladi.
Qonda qandning miqdori, shuningdek, glikogen zaxirasi mar-
kaziy nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Uglevod almashinu-
vi markazidan nerv ta’siri a’zolarga vegetativ nerv tizimi orqali 
o‘tkaziladi. Markazdan simpatik nervlar orqali o‘tuvchi impuls-
lar jigar va mu shaklarda glikogenni parchalanishini, shuningdek, 
buyrak usti bezi mag‘iz moddasi gormoni adrenalinni ajralishini 
kuchaytiradi. Adrenalin glikogenni glukozaga aylanishini ta’min-
laydi. Uglevod almashinuvida bulardan tashqari buyrak usti bezi-
ning po‘stloq qismi, gipofizning oldingi bo‘lagi va qalqonsimon 
bez gormonlari ham ish tirok etadi.
Odam organizmida uglevodlar qonda glukoza shaklida (4,44–
6,66 mmol/l, yoki 80–120 mg %), shuningdek, jigarda va mu-
shaklarda glikogen shaklida bo‘ladi. Qonda qandning miqdori 
4,44 mmol/l dan kamayib ketishi gipoglikemiya, 6,66 mmol/l dan 
oshib ketishi – giperglikemiya deyiladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling