Mavzu: Distrofiya va astrofiya haqida Distrofiya
Download 35.62 Kb.
|
distrofiya va astrofiya
Mavzu: Distrofiya va astrofiya haqida Distrofiya [dis… va yun. trophe – ovqat, oziqlanish] – hujayra va tо‘qimalarda moddalar almashinuvi buzilishining patomofologik va patofiziologik ifodasi; ilgari degeneratsiya – aynish deb atalgan. Distrofiya kо‘pgina (ayniqsa, yallig‘lanish bilan kechadigan) kasalliklarning rivojlanish negizi hisoblanadi. Infiltratsiya va shimilish (masalan, nefrozda buyrak naychalari epiteliysiga oqsil shimilishi, aterosklerozda arteriyalarning ichki pardasiga lipoidlar shimilishi), oqsillar sintezining buzilishi, yog‘lar va karbonsuvlarning omillarga aylanishi yoki oqsillar va karbonsuvlarning yog‘larga aylanishi (transformatsiya) distrofiyaning rivojlanish mexanizmlardir. Bu mexanizmlar xilma-xil: hujayraning autoregulyatsiyasi fermentativ jarayonlarning о‘zgarishi rо‘y beradi; ovqatlanish tartibining izdan chiqishi gipoksiyaga olib keladi – bu kо‘proq kuzatiladi; ovqatlanishning endokrin yoki nerv tizimi tomonidan idora etilishining buzilishi – bu neyrogen va endokrin distrofiyaga olib kelishi mumkin. Distrofiyaga asosan hujayra hamda hujayraaro trofikaning buzilishi, qon va limfa aylanishi yoki innervatsiyaning izdan chiqishi, Gipoksiya, infeksiya, intokskatsiya, gormonlar va fermentlar balansining о‘zgarishi hamda irsiy omillar sabab bо‘ladi. Distrofiyada moddalar almashinuvi о‘zgarib, aynigan, parchalanib ulgurmagan moddalar hujayralar va hujayralararo sath hamda tо‘qimalarda tо‘planib qoladi. Moddalar almashinuvining qaysi turi kо‘proq buzilganiga qarab oqsil, yog‘, karbonsuv va mineral distrofiyasi farq qilinadi. Oqsil distrofiyasi (disproteionoz)da hujayralar yoki hujayralararo sathlarga notо‘g‘ri sitezlangan oqsillarning patologik shakllari, tо‘qimaning tuzilishiga kiradigan oksilning parchalanishi, ba’zan oqsil fizik-kimyoviy xususiyatlarining о‘zgarishi (gialinoz, amloidoz va boshqa(lar)) natijasida organizmda oqsil tо‘planadi. YO g‘ distrofiyasi (lipidoz)da yog‘ depolaridagi yog‘ kamayadi yoki kо‘payadi, odatda, aslida lipidlar bо‘lmaydigan joylarda ham ular paydo bо‘ladi, hujayra va tо‘qimalardagi lipidlar miqdori nihoyatda kamayishi ozg‘inlik (kaxeksiya)ga, yog‘ zaxirasining ortib ketishi semirishga, yog‘ bosishga olib keladi. Karbonsuv distrofiyasi glikogen va mukoplisaxaridpar hosil bо‘lishi balansining buzilishi bilan kechadi (bu holat qandli diabett yaqqol kо‘rinadi). Mineral D. sida kaliy, kalsiy, temir va boshqa(lar) almashinuvi buziladi. Kasallik alomatlari paydo bо‘lganda darhol shifokorga murojaat qilib qunt bilan davolanish tavsiya etiladi (yana q. Alimentar distrofiya). Bolaning tanasida to'g'ri ovqatlanish va metabolizm masalasi, shubhasiz, barcha ota-onalarni oladi. Ushbu maqolada biz ovqatlanishning buzilishi shakllaridan biri - distrofiyasi haqida gaplashamiz, shuningdek, bolalarning tug'ma mushak distrofiyasi - eng jiddiy kasalliklardan biri paydo bo'lishining sabablari va semptomlarini ko'rib chiqamiz. Download 35.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling