Anatomiya 2014. indd
-rasm. Bosh miyaning pardalari. Frontal kesma
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
196-rasm. Bosh miyaning pardalari. Frontal kesma:
1–to‘r pardaning mayda donachali hosilalari; 2–us- tki o‘qsimon sinus; 3–epidural bo‘shliq; 4–bosh miyaning qattiq pardasini tashqi varag‘i; 5–bosh miyaning qattiq pardasini ichki varag‘i; 6–bosh miyaning to‘rsimon pardasi; 7–to‘rsimon parda os- tidagi bo‘shliq; 8–bosh miyaning yumshoq pardasi; 9–qattiq pardaning o‘rta arteriyasi va venasi; 10–bosh miya o‘rog‘i; 11–ostki o‘qsimon sinus. Bosh miyaning qattiq pardasi o‘zining ichki yuzasidan miya- ning qism lari o‘rtasiga kirib, ularni bir-biridan ajratuvchi bir nechta o‘sim talar beradi. Ulardan bosh miyaning o‘rog‘i yarim- sharlar o‘rtasidagi bo‘ylama yorig‘da joylashgan yupqa plastinka bo‘lib, qadoq tanaga yetib bormaydi. Miyacha chodiri ikki qiya- lik chodir shaklidagi gorizontal tortilgan qatlam, miya yarimshar- larining ko‘ndalang egatiga kirib, bosh miyani ensa bo‘shlig‘ini miyachadan ajratadi. Miyacha o‘rog‘i sagittal yo‘nalgan bo‘lib, miyacha yarimsharlari o‘rtasiga kiradi. Turk egari to‘sig‘i, gipo- fiz chuqurchasi ustida gorizontal joylashgan, o‘rtasida teshigi bor qatlam. Uning ostida yotgan gipofiz teshik orqali gipotalamus bi- lan qo‘shiladi. Bosh miyaning qattiq pardasi vena sinuslari uning ikkiga bo‘linishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, ular orqali bosh miya- dan vena qoni ichki bo‘yinturuq venaga oqadi. Vena sinuslari de- vori qattiq tortilgani, har doim ochiq va klapanlari bo‘lmaga- ni uchun har qanday sharoitda ham qon erkin oqadi. Bosh miya qattiq pardasida quyidagi sinuslar tafovut qilinadi. 1) ust ki o‘qsi- mon sinus; 2) pastki o‘qsimon sinus; 3) to‘g‘ri sinus; 4) ko‘n- dalang sinus; 5) ensa sinusi; 6) sigmasimon sinus; 7) g‘orsimon sinus; 8) yuqorigi va pastki toshsimon sinuslari. To‘rsimon parda yupqa va tiniq bo‘lib, qattiq pardadan sub- dural bo‘sh liq bilan ajralib turadi. To‘r parda bilan yumshoq par- da o‘rtasida sub araxnoidal bo‘shliq bo‘lib, unda orqa miya suyu- qligi bo‘ladi. To‘r parda yoriqlar va egatlar orasiga kirmay bosh miyaning bir qismidan ikkinchi qismiga o‘tadi. 464 To‘r parda keng va chuqur egatlarning ustida joylashganida to‘r parda osti bo‘shlig‘i kengayib, havzalar hosil qiladi. To‘r par- daning nisbatan katta havzalariga: 1) orqadagi miyacha va bosh miya orasidagi; 2) miya oyoqchalari oralig‘idagi; 3) bosh miya- ning lateral chuquri; 4) ko‘ruv nervi kesishmasi sohasidagi hav- zalar kiradi. Bosh miya qattiq pardasiga yaqin joylarda to‘r parda vena si- nuslariga botib kiruvchi to‘r pardaning mayda donachali hosila- larini hosil qiladi. Bular orqali miya suyuqligi vena sinuslariga o‘tadi. Yum shoq parda miyaning tashqi yuzasiga zich yopishib, ular orasidagi barcha yoriq va egatlarga kiradi. U bo‘sh biriktiruvchi to‘ qimadan iborat bo‘lib, qon tomirlarga boy. Ba’zi sohalarda yum shoq parda miya qorinchalari bo‘shlig‘iga kirib, orqa miya suyuqligi ishlab chiqaruvchi qon tomir chigallarini hosil qiladi. Orqa miya suyuqligi bosh miya qorinchalarini, orqa miyani markaziy kanalini, bosh va orqa miyani to‘r parda osti bo‘shlig‘ini to‘ldirib turadi. U bosh miya qorinchalarining qon tomirli asosida ajratib chiqariladi. Orqa miya suyuqligining umumiy miqdori 120– 130 ml. U toza va tiniq suyuqlik bo‘lib, solishtirma og‘irligi 1,005 ga teng bo‘lib, oqsil moddalar kam, unda hujayralar bo‘lmaydi. Orqa miya suyuqligi miya pardalari bilan himoya vazifasini bajara- di, bosh va orqa miyada moddalar almashinuvida qatnashadi, kal- la ichi bosimini doimiyligini ta’minlaydi. Yon qorinchalardan orqa miya suyuq ligi o‘ng va chap qorinchalar orasidagi teshik orqali III qorinchaga o‘tadi. III qorinchadan bosh miyaning suv yo‘li orqa- li IV qorinchaga, undan esa orqa devordagi toq (Maajandi teshigi) teshik orqali orqa miyaning markaziy kanaliga va juft lateral teshik (Lushka teshigi) orqali to‘r parda osti bo‘lig‘iga o‘tadi. Bu yerdan orqa miya suyuqligi to‘r pardaning mayda donachali hosilalari or- qali bosh miya qattiq pardasi vena sinuslariga oqadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling