Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet383/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   422
Bog'liq
True

Periferik nerv tizimi
Periferik nerv tizimi tarkibiga bosh va orqa miya nervlari, 
bosh va orqa miya nervlarining sezuvchi tugunlari va ularning 
shoxlari kiradi. Uning asosini bosh va orqa miyada hamda nerv 
tugunlarida joylash gan nerv hujayralarining o‘siqlari hosil qiladi. 
Ular impulslarni periferiyadan markazga (sezuvchi), markazdan 
tana mushaklariga (harakatlantiruvchi), markazdan ichki a’zolar-
ga, qon tomirlar va bezlarga olib boruvchi (avtonom) tolalardan 
iborat. 
Bosh miya nervlari
Bosh miya nervlari bosh miya so‘g‘onidan chiquvchi 12 juft 
nerv dan iborat (197-rasm). Ular quyidagilar:


466
I juft – hid biluv nervi – nervus olfactorius;
II juft – ko‘ruv nervi – nervus opticus;
III juft – ko‘zni harakatlantiruvchi nerv – nervus oculomato-
rius;
IV juft – g‘altak nervi – nervus trochlearis;
V juft – uch shoxlik nerv – nervus trigeminus;
VI juft – uzoqlashtiruvchi nerv – nervus abducens;
VII juft – yuz nervi – nervus facialis;
VIII juft – dahliz-chig‘anoq nervi – nervus vestibulocochlearis;
IX juft – til-yutqin nervi – nervus glossopharyngeus;
X juft – adashgan nerv – nervus vagus;
XI juft – qo‘shimcha nerv – nervus accessories;
XII juft – til osti nervi – nervus hypoglossus.
Bosh miya nervlari tuzilishi jihatidan orqa miya nervlaridan 
farq qiladi. Bu farq bosh miya hamda kalla ning taroqqiyotini tana 
va orqa miya taroqqiyotidan bosh qacha bo‘lishiga bog‘liq.
Bosh miya nervlari tolalari tarkibiga qarab: sezuvchi nerv-
lar (I, II va VIII juftlar) sezgi a’zolari nervlari hisoblanadi, 
harakatlantiruv chi nervlar (III, IV, VI, XI va XII juftlar) va ara-
lash nervlar (V, VII, IX va X juftlar) kiradi. Oxirgi guruh nervlar 
tarkibida sezuv chi, harakatlantiruv chi va avtonom tolalar bo‘la-
di. Avtonom tolalar III juft tarkibida ham bo‘ladi. Avtonom to-
lalar ichki a’zolarning silliq mushaklari va bezlarini innervatsiya 
qiladi. Sezuvchi bosh miya nervlarining tugunlari bo‘ladi. Ammo 
nervlarning bunday bo‘linishi shartli ravishda, chunki har qanday 
harakatlantiruvchi nerv tarkibida chuqur sezgi va avtonom tola-
lar bo‘ladi.
Bosh miya nervlari orqa miya nervlariga o‘xshab orqa va ol-
dingi il dizlar yig‘indisidan iborat bo‘lmay, faqat oldingi yoki orqa 
ildizlardan hosil bo‘lgani uchun harakatlan-
tiruvchi yoki sezuvchi nervlar bo‘ladi. Bun-

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling