Anatomiya 2014. indd


Bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining bioelektrik faolligi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   422
Bog'liq
True

Bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining bioelektrik faolligi.
Bosh miya po‘stlog‘ining elektr potensiallarini tebranishi bi-
rinchi marta 1914-yilda V.V. 
Pravdich-Neminkiy tomonidan 
yozil gan. Hozirgi vaqtda po‘stloqning elektr potensiallarini tebra-
nishini o‘rganish fiziologiya va klinikada bosh miyani tekshirish-
da keng qo‘llaniladigan usul bo‘lib qoldi. Po‘stloqning elektr 
potensiallari ni tebranishini elektroensifalograf yordamida yozib 
olinadi. Y ozib olingan egri chiziq elektroensifalogramma (EEG) 
deyiladi. Odam da elektr potensiallari, odatda, boshning sochli 
qismiga mustahkamlangan elektrodlar yordamida qayd qilinadi. 
Bunda elektrod ostida yotgan po‘stloqning o‘n minglab neyro-


458
nining faolligi yig‘indisini o‘tkazib beradi. Odatda, biotok larni 
miyaning birqancha simmetrik sohalaridan: peshona, tepa, en-
sa bo‘laklaridan olinadi. EEG da turli chastotadagi va kattalikda-
gi (amplituda) to‘lqinlar tafovut qilinadi. Bir sekundda tebranish 
chastotasi bo‘yicha: eng sekin delta to‘lqinlar 0,5–3,5 1 sekund-
da; beta to‘lqinlar 4–7; alfa to‘lqinlar 8–13. To‘lqin chastotasi 
qancha ko‘p bo‘lsa, ularning kattaligi shuncha kam bo‘ladi. Shun-
ga ko‘ra eng mayda beta to‘lqinlar bo‘lsa, delta to‘lqinlar eng kat-
tasi bo‘ladi. EEG tahlil qilinganda, qayd etilgan elektr tebranish-
larni chastotasi, kattaligi, shakli va davomliligi hisobga olinadi.
EEGda miyaning holati va qayd qilinayotgan sohaga qarab, u 
y oki bu ritm ko‘proq bo‘lagida. Xotirjam va ko‘zlari yumilgan ho-
latdagi odamning ensa bo‘laklaridan tebranish chastotasi 1 sekun-
da 8–13 tafovut qilinadi, bo‘lgan alfa ritmi qayd qilinadi. Ko‘zla-
ri ochilsa yoki aqliy faoliyat boshlansa, alfa ritm yo‘qolib, beta 
ritm paydo bo‘ladi.
Uxlagan vaqtda to‘lqinlar sekin va yuqori bo‘lib, delta-ritm 
hukm ronlik qiladi. Goho uyqu vaqtida tush ko‘rganda miyaning 
faol ligi oshadi, alfa va beta ritmlar qayd qilinadi. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling