Anatomiya 2014. indd
oldingi, kesishgan (Govers) va orqa, kesishmagan (Fleksig) yo‘llariga bo‘linadilar. Orqa miya bilan miyacha orasidagi oldingi yo‘l
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orqa miya bilan miyacha orasidagi orqa yo‘lning
oldingi, kesishgan (Govers) va orqa,
kesishmagan (Fleksig) yo‘llariga bo‘linadilar. Orqa miya bilan miyacha orasidagi oldingi yo‘l. Bu yo‘lning bi rinchi neyroni orqa miya tuguni soxta unipolyar hujayralari. Ularning periferik o‘siqlari orqa miya nervlari tarkibida propriot- septorlardan ta’sirotni olib keladi. Uning markaziy o‘siqlari or- qa ildiz tarkibida orqa miya orqa shoxining oraliq medial o‘zagi- da tugaydi. II neyron oraliq medial o‘zak hujayralari. Ularning aksonla- ri orqa miya bilan miyacha orasidagi oldingi yo‘lni hosil qiladi. Bu yo‘l tolalarining bir qismi har bir segmentda kesishib, oq bi- tishma orqali qarama-qarshi tomondagi yon tizimchaga o‘tadi. Kesishmagan tolalari esa orqa miyaning o‘z tomonidagi yon ti- zimchasi orqali yo‘naladi. Kesishgan va kesishmagan tolalardan iborat bu yo‘l orqa miyaning yon tizimchasi bo‘ylab uzunchoq miyaga o‘tadi va oliva bilan miyachaning pastki oyoq chasi o‘rta- sida yotadi. So‘ngra bu yo‘l ko‘prik orqali o‘tib, o‘rta miyaga boradi. O‘rta miyaning to‘rt tepaligi past ki tepachalari sohasida kesishmagan tolalar kesishadi. Shunday qilib, to‘liq kesishgan Govers yo‘li miyaning ustki yel kani sohasida ikkinchi marta ke- sishib o‘z tomoniga o‘tadi va miyachaning ustki oyoqchalari or- qali ustki chuvalchang po‘stlog‘ida tugaydi. III neyron ustki chuvalchang po‘stlog‘i hujayralari. Ularning aksonlari miyachaning tishsimon o‘zagida tugaydi. Orqa miya bi- lan miyacha orasidagi oldingi yo‘l ikki marta kesishgani uchun ixtiyordan tashqari propriotseptiv impulslar miyachaga tananing shu tomonidan o‘tkaziladi. Orqa miya bilan miyacha orasidagi orqa yo‘lning birinchi ney- roni orqa miya tuguni soxta unipolyar hujayralari. Ularning pere- ferik o‘siqlari orqa miya nervlari tarkibida propriotseptorlardan ta’sirotni olib keladi. Ularning markaziy o‘siqlari orqa ildiz tarkibida orqa shoxning ko‘krak o‘zagi (Klark ustuni) hujayralarida tugaydi. II neyron orqa shoxning ko‘krak o‘zagi hujayralari. Ularning 453 aksonlari orqa miya bilan miyacha orasidagi orqa yo‘lni hosil qi- lib lateral yo‘naladi va o‘z tomonidagi yon tizimchalar tarkibida uzunchoq miyaga, undan esa miyachaning pastki oyoqchalari tar- kibida pastki chuvalchang po‘stlog‘ida tugaydi. III neyron pastki chuvalchang po‘stlog‘i hujayralari. Ularning aksonlari miyachaning tishsimon o‘zagida tugaydi. Bu yo‘l orqa va uzunchoq miyada kesishmaydi, shuning uchun uni to‘g‘ri ke- sishmagan yo‘l deb ataladi. Orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi o‘tkazuv yo‘llari tananing muvozanatini va harakatini muvofiq- lashtirib turadi. Orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi yo‘llar jaro- hatlanganda, miyacha buzilishi ro‘y beradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling