Anatomiya 2014. indd
I. Ichki analizatorlarning po‘stloqdagi markazlari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Tashqi ta’sirotlarni qabul qiluvchi analizatorlarning po‘st loq- dagi markazlari.
I. Ichki analizatorlarning po‘stloqdagi markazlari.
1. Harakat analizatorining o‘zagi markaz oldi pushtasi va yarim sharning ichki yuzasidagi markaz atrofidagi bo‘lakchada joylashgan. Markaz oldi pushtada odam tanasining qismlari boshi pastga, oyog‘i yuqoriga qaragan holatda joylashgan. O‘ng markaz tananing chap tomonini, chap markaz esa o‘ng tomonini boshqa- radi, chunki piramida o‘tkazuv yo‘li uzunchoq va orqa miyada ke- sishadi. Tana mu shaklari, hiqildoq va halqum mushaklari ikkala yarimsharni ta’siri ostida bo‘ladi. Tananing alohida qismlariga te- gishli sohalarning katta kichikligi harakatning aniqligiga bog‘liq. Qo‘l kafti, til va mimi ka mushaklari faoliyatini boshqaruvchi so- halar katta. 2. Bosh va ko‘zni bir vaqtda qarama-qarshi tomonga haraka- tini ta’ min lovchi analizatorning o‘zagi o‘rta peshona pushtasining orqa qismida joylashgan. 3. Ma’lum bir maqsad bilan qilinadigan murakkab hamkor ha- rakatlar analizatorining o‘zagi o‘naqaylarda chap yarimsharning pastki tepa bo‘lakchasining qirg‘oq usti pushtasida joylashgan. II. Tashqi ta’sirotlarni qabul qiluvchi analizatorlarning po‘st loq- dagi markazlari. 1. Sezgi analizatorining o‘zagi markaz orqasidagi pushtada joyla shadi. Odam tanasi qismlari xuddi harakat markazidagidek boshi past da, oyog‘i yuqorida joylashgan. Tananing ayrim qism- lariga tegishl i soha larning katta kichikligi ularning faoliyatiga bog‘liq. Odamda og‘iz va qo‘l retseptorlari yaxshi taroqqiy etgani uchun po‘stloqning ularga tegish li qismi katta bo‘ladi. 2. O‘ng va chap ustki tepa bo‘laklarida teri sezgisini bir turi, 448 buyum larni yopiq ko‘z bilan paypaslab bilish (stereognoziya) mar- kazi joylashgan. 3. Eshituv analizatorining o‘zagi ustki chakka pushtasini o‘rta- sida joy lashgan. Bu sohaning ikkala yarimsharda buzilishi butun- lay karlikka olib keladi. 4. Ko‘ruv analizatorining o‘zagi ensa bo‘lagining medial yuzasi dagi pix egatini ikki tomonida joylashgan. Bitta markazda bir ko‘z ning lateral yarmi va ikkinchi ko‘zning medial yarmini to‘r pardasi proyeksiyasi bo‘ladi. 5. Hidlov analizatorining o‘zagi chakka bo‘lagining pastki yuza- sidagi ilmoq, qisman gippokamp sohasida joylashgan. 6. Ta’m bilish analizatorining o‘zagi hidlov va ta’m bilish sez- gilari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgani uchun hidlov markaziga y aqin joylashgan. Yuqorida aytib o‘tilgan po‘stloq markazlari miya po‘stlog‘ining ma’lum bir sohalarida joylashgan bo‘lib, ularga ta’sirotlar tashqi va ichki muhitdan keladi. Bu ta’sirotlar turli xil sezgi va sezgilar to‘plami sifatida qabul qilinadi va ularni I.P. Pavlov birinchi sig- nal tizimi deb ataydi. Bu tizim hayvonlarda ham bo‘ladi. Bun- dan tashqari odam so‘zlash, fikrlash xususiyatiga ega bo‘lgani- dan keyin, unda ikkinchi signal tizimi paydo bo‘ladi. Ontoge- nezda odamda avval birinchi signal tizimi markazlari, so‘ngra ik- kinchi signal tizimi markaz lari paydo bo‘ladi. Ikkinchi signal ti- zimi markazlarining taroqqiyo ti va takomillashuvi atrof-muhit ga, turmush sharoitiga bog‘liq. Ikkin chi signal tizimi paydo bo‘li shi uchun bola boshqa odamlar bilan aloqada bo‘lishi, so‘zlashni va yozishni o‘rganishi kerak. So‘zlash jarayoni murakkab bo‘lib, uni bajarishda butun po‘stloq qatnashadi, ammo ma’lum bir sohalar asosiy bo‘ladi. Bu sohalar so‘z analizatorlarining o‘zaklari hisob- lanadi. Ikkinchi signal tizimi markazlari. 1. So‘z bo‘g‘inlarining harakat analizatori o‘zagi pastki pesho- na push tasining orqa qismida joylashgan bo‘lib, harakat markazi- ning pastki qismiga yaqin turadi. Bu yerda so‘z bo‘g‘ini, so‘zlar- ni hosil qilishda ish tirok etadigan lab, til, hiqildoq mushaklaridan keladigan qo‘zg‘alish lar tah lil qilinadi. 2. Og‘zaki so‘zlashning eshituv analizatori o‘zagi eshituv a’zosi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, eshituv analizatoriga yaqin joyda, ust- ki chakka pushtasining orqa qismida joylashgan. Bu markaz yorda- 449 mida odam so‘zlash vaqtida tovush past balandligini tartibga solib turadi va boshqa odamni tushunadi. 3. Odam o‘z taroqqiyotida faqat so‘zlashni emas, balki yozish- ni ham o‘rgangan. Harflarni yozish qo‘lning ma’lum bir haraka- tini ta lab qiladi, bu esa umumiy harakat analizatori bilan bog‘liq. Shuning uchun yozma so‘zning harakat analizatori o‘zagi o‘rta peshona push tasining orqa qismida markaz oldi pushtaga yaqin joylashgan. Bu analizatorning faoliyati qo‘lning ma’lum bir maq- sad bilan qilinadigan murakkab hamkor harakati markazi bilan bog‘langan. 4. Yozma so‘zning ko‘ruv analizatori o‘zagi pastki tepa bo‘lak- chasining burchakli pushtasida joylashgan bo‘lib, ko‘ruv analiza- tori bilan bevosita bog‘liq. Odamning ikkinchi signal tizimi mar- kazlari ikkala yarimsharda bo‘ladi, lekin bir tomonda ko‘proq ta- roqqiy etgan (o‘naqaylarda chap tomonda, chapaqaylarda o‘ng tomonda) bo‘ladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling