Anatomiya 2014. indd
Afferent o‘tkazuv yo‘llari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orqa miya bilan miya po‘stlog‘i o‘rtasidagi chuqur (proprio- tseptiv) sezgini o‘tkazuvchi yo‘l (Goll va Burdax dastalari).
Afferent o‘tkazuv yo‘llari ekstratseptiv, propriotseptiv va in-
tratseptiv tizim tolalariga bo‘linadi. Ekstratseptiv markazga inti- luvchi yo‘llar orqali tashqi muhit ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv impulslari o‘tadi. Bu yo‘llarga harorat, og‘riq, tanaga bo‘ladigan bosim hamda sezgi a’zolaridan keluvchi o‘tkazuv yo‘llar kiradi. Propriotseptiv markazga intiluvchi yo‘llar mushaklar, paylar, bo‘ g‘im xaltasi, boylamlardan kelayotgan nerv impulslarini orqa miya dan bosh miyaga o‘tkazib beradi. Sezuvchi uzun proyeksion o‘tkazuv yo‘llari ekstratseptorlar, propriotseptorlar va interotseptorlardan kelayotgan impulslarni orqa miyadan bosh miya po‘stlog‘ining sezuv, harakat markaziga va miyachaga o‘tkazib beradi. Bu yo‘llarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular uch neyrondan iborat bo‘lib, birinchi ney- roni bosh va orqa miyadan tash qarida, orqa miya tuguni yoki bosh miya nervlarining sezuvchi tugunlarida joylashgan soxta unipolyar hujayralar tash kil qiladi. 1. Orqa miya bilan miya po‘stlog‘i o‘rtasidagi chuqur (proprio- tseptiv) sezgini o‘tkazuvchi yo‘l (Goll va Burdax dastalari). Bu yo‘l mushaklar, paylar va bo‘g‘imlardan ta’sirotni qabul qiluv- chi propriotseptorlardan boshlanib, bosh miya yarimsharlarining markaz oldi pushtasida tugaydi. U uch neyrondan iborat. Goll va Burdax dastalarining birinchi neyroni orqa miya tugunining soxta unipolyar hujayralaridan iborat. Ularning periferik o‘siqlari orqa miya nerv lari tarkibida proprioretseptorlardan ta’sirotni olib ke- ladi. Ularning markaziy o‘siqlari orqa ildiz tarkibida orqa shoxga kirmasdan orqa tizimchada medial joylashgan nozik (Goll) dasta- sini va lateral joylash gan ponasimon (Burdax) dastasini hosil qi- 451 ladi. Orqa tizimcha tarkibida birinchi neyron tolalari uzunchoq miyaning nozik va ponasimon o‘zaklari hujayralarida tugaydi. Goll dastasi oyoqlar va tananing past ki qismidan, Burdax dastasi esa tananing yuqorigi qismi, bo‘yin va qo‘ldan kelayotgan chuqur propriotseptiv sezgilarni o‘tkazadi. II neyron nozik va ponasimon o‘zak hujayralari. Ularning to- lalari uzunchoq miyada o‘zaro kesishib, qovuzloq kesishmasini hosil qiladi va medial qovuzloq tarkibiga kiradi. Medial qovuz- loq tarkibida ikkinchi ney ron tolalari ko‘prik va o‘rta miyaning qopqoq qismidan o‘tib ko‘ruv bo‘rtig‘ining ventro-lateral o‘zagi- da tugaydi. III neyron ko‘ruv bo‘rtig‘ining ventro-lateral o‘zagi hujayrala- ri. Ularning aksonlari ichki g‘ilofning orqa oyoqchasi orqali o‘tib, bosh miyaning markaz oldi pushtasini IV qavat hujayralarida tu- gaydi. 2. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling