Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh miya po‘stlog‘ida markazlarning joylashuvi.
Bosh miya po‘stlog‘i (cortex cerebri) miya yarimsharlarining ustidan qoplagan kulrang modda qatlami bo‘lib, juda murakkab hayotiy vazifani bajaradi. U organizmning hamma qismlari va tashqi muhitdan nerv yo‘llari va sezgi a’zolari orqali kelayotgan ta’sirotlarni qabul qiladi, ularni tahlil qilib, bir-biriga bog‘laydi (sintez). Buning natijasida odam organizmi tashqi muhit ta’siriga moslashish xususiyatiga ega. Bosh miya po‘stlog‘i juda yaxshi taroqqiy etgan 6 qavatdan ibo- rat bo‘ lib, ular o‘zaro tarkibiga kiruvchi hujayralarning shakli bi- lan farq qiladi. 1. Molekulyar hujayradan tashkil topgan qatlam yumshoq par- da ostida joylashgan. U asosan bir-biri bilan zich to‘r kabi to‘qilib ketgan nerv tolalari va ular o‘rtasida joylashgan kam sonli mayda nerv hujayralaridan iborat. 2. Donador hujayradan tashkil topgan tashqi qatlamda juda ko‘p yumaloq va uchburchak shakldagi hujayralar alohida-alohi- da donachalardek tarqoq holda joylashgan. 3. Piramidasimon hujayradan tashkil topgan tashqi qatlam. Bu qatlamda kichik va o‘rta kattalikdagi piramida hujayralari tarqoq holda joylashgan. 4. Donador hujayradan tashkil topgan ichki qatlam, xuddi ik- kin chi qat lam singari tarqoq joylangan mayda hujayralardan ibo- rat. 5. Piramidasimon hujayradan tashkil topgan ichki qatlam. Bu qa vat da kichik piramida hujayralardan tashqari, yirik Bets pirami- da hujayralari bo‘lib, ular markaz oldi pushtasi va markaz atrofi- dagi bo‘ lakchada uchraydi. 6. Ko‘p qirrali hujayralardan tashkil topgan qatlam. Bu qavat- da tur li shakldagi hujayralar bo‘lib, ular oq modda bilan yonma- yon turadi. Bosh miya po‘stlog‘ida markazlarning joylashuvi. Tajribaviy iz lanishlar shuni ko‘rsatdiki hayvonlarda miya po‘stlog‘ini ayrim qism larini shikastlaganda yoki olib tashlaganda u yoki bu hayot uchun zarur faoliyatlar buziladi. Bosh miya po‘stlog‘i markazla- rini I.P. Pavlov analizatorning miyadagi oxirgi qismi deb atagan. Analizator bu murakkab nerv mexanizmi bo‘lib, u tashqi qabul qi- luvchi apparatdan boshlanib miyada tugaydi. Analizator yordami- 447 da tash qi muhitning murakkab ta’siri alohida qismlarga bo‘lina- di va tah lil qilinadi. Bosh qa analizatorlar bilan aloqada ma’lum ish bajariladi. Miya markazi tekis chegaraga ega bo‘lmay, «o‘zak» hamda «yoyilgan» qismlardan tashkil topadi. O‘zak retseptorning po‘stloq dagi to‘g‘ri va chuqur proyeksiyasi bo‘lib, yuqori tahlil qiluv chi asosiy qism hisoblanadi. Yoyilgan elementlar o‘zak atro- fida joylash gan bo‘lib, ularda ancha sodda va elementar tahlil sodir bo‘ladi. Markaz ning o‘zak qismi shikastlanganda yoyilgan elementlar ma’lum darajada o‘zakning yo‘qolgan faoliyatini qop- lab turadi. Har xil analizatorlarning yoyilgan elementlari egalla- gan sohasi bir-biriga qo‘shilib ketadi. Hozirgi vaqt da miya po‘st- log‘i bir butun qabul qiluvchi yuza hisob lanadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling