445
g‘ilof vositasida ajralib turadi. Yasmiqsimon o‘zak bir-biriga pa-
rallel yo‘nalgan oq qatlam yordamida uch bo‘lakka bo‘linadi. La-
teral bo‘lak to‘q kulrang bo‘lib, qobiq deb ataladi.
Medial joylash-
gan rangsizroq ikki qismi rangpar shar deb ataladi.
Ixota orolcha sohasida, qobiq bilan orolcha po‘stlog‘i orasida
joylashgan, yupqa kulrang modda qatlamidir.
U qobiqdan tash-
qi g‘i lof bilan, orolcha po‘stlog‘idan esa eng tashqi g‘ilof vosita-
sida ajralib turadi.
Bodomsimon tana chakka bo‘lagining oq moddasi uchida qo-
biq ostida joylashgan bir nechta o‘zaklardan iborat bo‘lib, ular
tuzilishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bodomsimon tana po‘st-
loq osti hidlov markazi vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: