Anatomiya 2014. indd


Po‘stloqning assotsiativ sohalari


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   422
Bog'liq
True

Po‘stloqning assotsiativ sohalari. Bu sohalar na sezgi a’zola-
ri, na mushaklar bilan bog‘langan. Ular po‘stloqning turli soha-
lari o‘r ta sidagi aloqani ta’minlab, po‘stloqqa kelayotgan impuls-
larni bir butun o‘rganish holatlariga (o‘qish, so‘zlash, yozish), 
fikrlash, eslab qolish to‘playdi va maqsadga yo‘naltirilgan ahloq 
reaksiyalarini ta’minlaydi.
Assotsiativ sohalar buzilganida bila olmaslik – agnoziya va 
o‘r ganilgan harakatlarni qila olmaslik – apraksiya ro‘y beradi. 
Savodli bo‘lgan bemor, yozilgan narsani o‘qiy olmasligi, tanish 
odamni faqatgina u so‘zla ganidan keyin tanishi mumkin. Po‘stlo-


457
qni eshitish sohasi jarohatlanganda eshitish agnoziyasi roy berib, 
odam eshita di, ammo so‘zlarni ma’nosini tushunmaydi. Assotsia-
tiv so‘zlash sohalarini buzilganda afaziya – so‘z soqovligi bo‘lishi 
mumkin. Afaziya motor va sensor turlarda bo‘lishi mum kin. Mo-
tor afaziyada bemor so‘zni tushunadi, ammo o‘zi gapira olmaydi. 
Agrafiyada odam yozish ni unutadi.
Ukkala yarimsharning birgalikdagi faoliyatida, ularning har bi-
rini ahamiyati o‘zgacha. O‘naqaylarda chap yarimsharning hara-
katlantiruv chi faoliyatlari kucnli bo‘lsa, o‘ngida sezuvchi faoli-
yat lar kuchli bo‘ladi. Miyaning harakat asimmetriyasi juda yaxshi 
bilin gan bo‘lib: o‘naqaylarda o‘ng qo‘l va oyoq harakati chapiga 
nisbatan kuchli, chaqqon va aniq.
O‘naqaylarda chap yarimshar og‘zaki va yozma so‘zni tu-
shinish ni va hosil qilishni, matematik qobiliyatni va diqqatni 
bo‘lish, so‘z va mantiq fikrlashni ta’minlaydi. «Savodsiz» o‘ng ya-
rimsharga obraz li, aniq fikrlash xos.
Limbik tizim. Limbik tizim belbog‘ pushtasi, gipokamp, bo-
dom simon tana, gumbaz, tiniq to‘siqdan iborat. Ular organizm-
ni ichki muhitini doimiyligini saqlashda, vegetativ faoliyatlarni 
boshqa rishda, hissiyot va motivayatsiyani hosil qilishda ishtirok 
etadi. Bu tizimni yana, «visseral miya» deb ham ataladi. Unga 
ichki a’zolardan ma’lumotlar keladi. Limbik tizimning turli so-
halarini elektr bilan ta’sirlansa, vegetativ faoliyatlar: qon bosimi, 
nafas, hazm a’zolarining harakati, bachadon va siydik qopi tonu-
si o‘zgaradi. Limbik tizim bosh miyaning barcha qismlari, to‘rsi-
mon formatsiya va gipotalamus bilan keng aloqaga ega. U barcha 
vegetativ faoliyatlarni: y urak-qon tomirlar, nafas, hazm, modda-
lar va energiya almashinuvining po‘stloq nazoratini ta’minlaydi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling