Anatomiya 2014. indd


Bosh va orqa miya o‘tkazuv yo‘llari


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet370/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   422
Bog'liq
True

Bosh va orqa miya o‘tkazuv yo‘llari. Nerv tizimining tuzilishi 
va faoliyati asosida neyronlar zanjiridan tashkil topgan reflektor 
yoyi yotadi. Bu zanjirlar orqali qo‘zgalish periferiyadan markazga 
va markazdan periferiyaga yo‘naladi. 
Bosh va orqa miyaning o‘tkazuv yo‘llari sodda va murakkab 
ref leks yoylari tarkibiga kiruvchi orqa va bosh miyada uziluv-
chi, yuqoriga ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi nerv tolalarining 
yig‘indisidan iborat. Bu yo‘llar orqa va bosh miyaning turli qism-
larini bir-biri bilan bog‘lab, miya tarkibiy elementlari ichida ikki 
tomonlama aloqani ta’minlab turadi. O‘tkazuv yo‘llar vositasida 
markaziy nerv tizimi va organizmning birligi va uning tashqi mu-
hit bilan aloqasi boshqarilib turiladi. O‘tkazuv yo‘llar yordamida 
ichki va tashqi qo‘zg‘alish retseptorlari qabul qilib olgan markaz-
ga intiluvchi nerv impulslarini orqa va bosh miyada markaz dan 
qochuvchi yo‘llarga o‘tishi orqali organizmning tashqi va ichki 
muhit ta’siriga moslashuvi paydo bo‘ladi, mushaklar qisqarib, bez 
shira ajratadi. O‘tkazuv yo‘llar vositasida organizmning bir butun-
ligi va uning tash qi muhit bilan aloqasi ta’minlanadi.
Barcha o‘tkazuv yo‘llari uch guruhga bo‘linadi: proyeksion, 
komis sural va assotsiativ.
Assotsiativ o‘tkazuv yo‘llari bosh miyaning bitta yarimshari 
kulrang moddasini bir-biriga qo‘shib turadi. 
Komissural o‘tkazuv yo‘llari bir yarimshar po‘stlog‘ini ikkinchi 
yarimshar po‘stlog‘iga qo‘shib turadi.


450
Proyeksion o‘tkazuv yo‘llari bosh miya po‘stlog‘i bilan miya 
so‘ g‘oni o‘zaklari (qisqa proyeksion yo‘llar) hamda orqa miya 
o‘zaklari (uzun proyeksion yo‘llar) o‘rtasidagi ikki tomonlama 
aloqani ta’minlab turadi. Nerv impulslarining yo‘nalishiga qarab 
proyeksion yo‘llar ikki guruhga markazga intiluvchi – afferent, 
sezuvchi yo‘llar nerv impulsini periferiyadan bosh miya po‘st-
log‘iga olib boruvchi va markaz dan qochuv chi – efferent, hara-
katlantiruvchi, impulsni miya po‘stlog‘idan periferiyaga olib bo-
ruvchi yo‘llarga bo‘linadi. Afferent va efferent proyeksion yo‘llar 
murakkab reflektor yoyining asosiy qismlari bo‘lib, ular o‘zaro 
miya po‘stlog‘ida assotsiativ o‘tkazuv yo‘llari vositasida qo‘shi-
ladilar.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling